ﻰَﻠْﺒَﻳ ﻻ ٍﻚْﻠُﻣَو ِﺪْﻠُﺨْﻟا ِةَﺮَﺠَﺷ ﻰَﻠَﻋ َﻚﱡﻟُدَأ ْﻞَه ُمَدﺁ ﺎَﻳ َلﺎَﻗ ُنﺎَﻄْﻴﱠﺸﻟا ِﻪْﻴَﻟِإ َسَﻮْﺳَﻮَﻓ ) ١٢٠ ( «Ey Odam, men seni abadiyat daraxti va chirimas (yo‘q bo‘lmas) mulkka boshlab boraymi?» - dedi».(Toha, 120.) ُنﺎَﻄْﻴﱠﺸﻟا ﺎَﻤُﻬَﻟ َسَﻮْﺳَﻮَﻓ ﺎَﻤُآﺎَﻬَﻧ ﺎَﻣ َلﺎَﻗَو ﺎَﻤِﻬِﺗﺁْﻮَﺳ ْﻦِﻣ ﺎَﻤُﻬْﻨَﻋ َيِروُو ﺎَﻣ ﺎَﻤُﻬَﻟ َيِﺪْﺒُﻴِﻟ َﻦﻳِﺪِﻟﺎَﺨْﻟا َﻦِﻣ ﺎَﻧﻮُﻜَﺗ ْوَأ ِﻦْﻴَﻜَﻠَﻣ ﺎَﻧﻮُﻜَﺗ ْنَأ ﻻِإ ِةَﺮَﺠﱠﺸﻟا ِﻩِﺬَه ْﻦَﻋ ﺎَﻤُﻜﱡﺑَر ) ٢٠ ( «Alloh ikkovingizni bu daraxt mevasini yeyishdan bekorga man’ etmadi. Agar bundan iste’mol qilsalaringiz ikkovingiz ham farishtaga aylanasizlar yoki jannatda abadiy qolib ketasizlar».(A’rof, 20.) Iblis Odam va Havvoning jinsiy avratlari bor ekanligini, bu avratlarni jannat liboslari bilan bekitib yurishlarini
farishtalardan eshitgan edi. Ularning libosi tirnoq singari silliq va yaltiroq bo‘lib, tana a’zolarini to‘la yopib
turardi. Iblis Odam va Havvoning avratlarini ochib tashlab, sharmanda qilmoqchi bo‘ldi. U ilonning yordami
bilan jannatga kirdi, u yerda bir daraxt bo‘lib, uni «Shajarat-ul-xuld» (abadiyat daraxti) deyilardi, tanasi
nihoyatda go‘zal, yaproqlari xushbo‘y, mevasi esa beqiyos lazzatli edi. Undan faqat farishtalar iste’mol
qilardilar.
Vahb ibn Munabbahdan: «Farishtalar taom yemas edilarku, bu daraxt mevasidan iste’mol qilardilar,
deyapsiz», - deb so‘ralganda, u kishi: «Alloh xohlaganini qilishi mumkin», - deb javob bergan.
Ibn Abbosning rivoyatlariga qaraganda, Alloh man etgan daraxt bug‘doy boshog‘i edi.
Iblis uning juda xushbo‘yligini, xushxo‘rligini maqtadi, o‘zi mevasidan yedi va avval Havvoni keyin Odamni
qistadi. Odam va Havvoda sabr-toqat qolmadi, Allohning man’ etgani yodlaridan ko‘tarildi va shu daraxt
mevasidan yedilar. Shu ondayoq ularning ustidagi jannatiylik libosi sidirilib tushdi, ulug‘liklari yo‘qoldi, qip-
yalang‘och bo‘lib, sharmanda bo‘ldilar. Odam sharmandalikdan qochib, jannat daraxtlaridan birining yaprog‘lari
orasiga kirib berkindi. Alloh taolo: «Ey Odam, qaerdasan?», -deb xitob qildi. Odam: «Yo Alloh, men bu
yerdaman» - dedi. Allohning «Chiqmaysanmi?» - degan savoliga, «Men sendan uyalaman» - deb javob berdi.
Alloh ularga qahr bilan: