Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə218/270
tarix16.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98904
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   270
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

www.ziyouz.com kutubxonasi 
106
Isroil avlodlariga mana shu ajoyib ziyofat kuni shar’an bayram kuniga aylandi va to Tavrot dunyoda mavjud 
va ma’mul ekan bu bayram davom etadi. Shu kechada Misrliklar bani Isroilni unutsinlar va o‘zlari bilan ovora 
bo‘lsinlar deb, Alloh taolo Qibt qabilasi odamlaridan va chorva mollaridan juda ko‘pini o‘ldirdi. 
Misrliklar o‘zlarining musibatlari bilan band ekanlar, bani Isroil tun yarmida Misrdan chiqishib, Shom tarafiga 
qarab yurib ketishdi. 
Bani Isroilning Misrdagi turg‘unlik hayoti to‘rt yuz o‘ttiz yilni tashkil etdi. Ular Misrdan qochib chiqqan yil «Fasx» yili 
bo‘lib, ana shu yil munosabati bilan «Fasx» bayrami tashkil etilgan. Bani Isroilning e’tirof etishlaricha, ularning muqaddas 
kitoblarida shar’iy qilingan uchta bayram bo‘lib, birinchisi «Fasx» (Nasroniylarning “Pasxa” bayrami yahudiylarning mazkur 
bayramlarining davomidir)
bayrami, ikkinchisi «Fitr» (Musulmonlar singari yahudiylarda ham “iydul-fitr”, ya’ni Ramazon 
hayiti mavjud)
bayrami, uchinchisi «Himl» (Misrdan chiqib ketishga Fir’avn izn bergan kechada, hamma yahudiylar yeyish 
uchun qo‘zi so‘yishga buyurilgan va shu kuni ularda ozodlik bayrami hisoblanadi. Shu munosabat bilan bu bayram “iydul-
himl”, ya’ni qo‘zi so‘yish bayrami deyiladi)
bayrami deb nomlanadi.
Misrdan Muso va Horun (a.s.)lar bilan chiqqan yahudiylar soni yetti yuz ming erkak edi. Bu hisobga ayollar 
va cho‘rilar kirmaydi. 
Ahli kitoblarning aytishlaricha, Allohning amri bilan bani Isroil bayramga bezanib chiqish uchun Fir’avn 
qavmlaridan turli qimmatbaho taqinchoqlarni ijaraga oldilar. Juda ko‘p boylikni o‘zlari bilan olib, kechasi Shom 
tarafga qarab yurishni tezlatdilar. Ular Misrdan chiqishda Yusuf payg‘ambarning tobutlarini ham olib ketdilar. 
Bani Isroil kechayu kunduz yo‘l yurdilar, ularga kunduzi bulut soya qilar, oq nurdan bo‘lgan ustun ularni yo‘lga 
boshlar, kechasi esa olov ustun ularning yo‘lini yoritar edi. Shu bo‘yi ular yo‘l yurib, dengiz sohiliga yetdilar.
Muso va uning qavmi Misrdan chiqib, Shom tarafga qochib ketayotganining xabari Fir’avnga yetib kelgach, 
u o‘zini qo‘yarga joy topolmay qoldi va tezlik bilan askar to‘plab, bani Isroilning izidan quvishga tushdi.  

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin