َﻦﻴِﻗِﺮْﺸُﻣ ْﻢُهﻮُﻌَﺒْﺗَﺄَﻓ ) ٦٠ ( ﱠﻧِإ ﻰَﺳﻮُﻣ ُبﺎَﺤْﺻَأ َلﺎَﻗ ِنﺎَﻌْﻤَﺠْﻟا ىَءاَﺮَﺗ ﺎﱠﻤَﻠَﻓ َنﻮُآَرْﺪُﻤَﻟ ﺎ ) ٦١ ( Bas, (Fir’avn lashkari) tong paytida ularning iziga tushdilar. Bas, qachonki, ikki jamoa bir-birini ko‘rishgach, Musoning hamrohlari: «Bizlar aniq tutildik» - dedilar. (Shuaro, 60-61) Fir’avnning quvib kelayotganini ko‘rib, qavm dahshatga tushdi. Ularning ba’zilari: «Qul bo‘lsak ham Misrda
qolganimiz mana shu cho‘lda o‘lib ketganimizdan yaxshiroq edi» - deb afsus chekishdi. Ularni Muso (a.s.):
«Qo‘rqmanglar, Fir’avn va uning askarlari endi Misrga qaytib borisholmaydi» - deb tinchlantirdilar. Alloh taolo
aytadi:
ِﻦﻳِﺪْﻬَﻴَﺳ ﻲِّﺑَر َﻲِﻌَﻣ ﱠنِإ ﻼَآ َلﺎَﻗ ) ٦٢ ( (Muso) aytdi: «Yo‘q, men bilan birga Parvardigorim bor. Albatta, U meni (xavfsiz) yo‘lga boshlar!». (Shuaro, 60-62.) Alloh taolo payg‘ambari Musoga najot yo‘lini ko‘rsatib, qo‘lidagi aso bilan dengizni urishni buyurdi:
ِﻢﻴِﻈَﻌْﻟا ِدْﻮﱠﻄﻟﺎَآ ٍقْﺮِﻓ ﱡﻞُآ َنﺎَﻜَﻓ َﻖَﻠَﻔْﻧﺎَﻓ َﺮْﺤَﺒْﻟا َكﺎَﺼَﻌِﺑ ْبِﺮْﺿا ِنَأ ﻰَﺳﻮُﻣ ﻰَﻟِإ ﺎَﻨْﻴَﺣْوَﺄَﻓ ) ٦٣ ( “Bas, Biz Musoga: «Asoying bilan dengizni urgin!» - deb vahiy yubordik. Bas, (dengiz) bo‘linib, har bir bo‘lak suv ulkan tog‘ kabi bo‘ldi”. (Shuaro, 63.) Dengiz yorilib, undan o‘n ikkita yo‘l ochildi. Baniy Isroilning o‘n ikki qabilasi alohida-alohida yo‘ldan yura
boshladilar. Suv esa Allohning buyrug‘i bilan o‘rkachlar misoli tog‘dek qotib qolgan edi. (Ibn Kasir. Qisasul- anbiyo. Qohira. 263-bet.) Abdulloh ibn Abbos, Mujohid, Ikrima, ar-Rabi’, az-Zahhok, Qatoda, Ka’bul ahbor, Sammok ibn Harb va
boshqa olimlarning rivoyat qilishlaricha, Musoning qavmi dengizdan o‘tib bo‘lganda ham, dengiz harakatsiz
holda, mavjlar o‘rkachsimon tog‘dek qotib turar ekan, dengiz sohiliga Fir’avn yetib keldi. Dengizning ko‘rinishi
uning yuragiga vahima soldi. Dengizning bunday hay’atda ko‘rinishi faqat qudratli Allohning ishi ekanligini
ko‘nglidan o‘tkazdi. Nogahon otining jilovini tortib, dengiz kechuviga tushmadi. Musoning ketidan quvib bekor
yo‘lga tushdim, deb afsus chekdi, lekin bu yerdagi afsusdan hech foyda yo‘q edi. Qo‘rqayotganini bildirmaslik
uchun o‘zini lashkarlariga jasur va mo‘‘jizakor qilib ko‘rsatishga urindi. Ularga: «Qaranglar, menga itoat
qilmasdan, mening mamlakatimdan qochib ketayotgan qullarimni tutib olishim uchun dengiz menga qanday
sharoit yaratib, bo‘yin egyapti» - deb xitob qildi.
Ular ham shu yo‘ldan o‘tayotganlarida dengiz ularning ustini suv bilan yopdi va barcha dushman askarlari
suvga g‘arq bo‘lishdi.
Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)