َنﻮُﻤَﻠْﻌَﻳ ﻻ َﻦﻳِﺬﱠﻟا
)
٨٩
(
Muso dedi: «Ey, Rabbimiz! Sen Fir’avn va uning zodagonlariga bu dunyoda zebu ziynat va molu
mulk ato etding. Ey, Rabbimiz! (Bu esa, odamlarni) Sening yo‘lingdan ozdirishlariga sabab bo‘ldi. Ey,
Rabbimiz! Mol-mulklarini barbod et va dillarini qattiq qil, toki (qiyomatda) alamli azobni
ko‘rmagunlaricha imon keltirmasinlar». Alloh dedi: «Ikkingizning duoingiz ijobat etildi. Endi, to‘g‘ri
bo‘lingizlar! Bilmaydiganlarning yo‘liga zinhor ergashmangizlar!». (Yunus, 88-89.)
Muso (a.s.)ning duolari sababidan Alloh taolo Fir’avn va uning qavmi to‘plagan barcha boyliklarni, oltin-kumushlarni,
don-dun, urug‘larni oddiy qiymatsiz toshga aylantirdi. Bu voqea xalifa Umar ibn Abdulaziz huzurida so‘zlanganda, u
o‘zining bir quliga: «Bor, xaltani olib chiq!» - deb buyurdi. Qul xaltani olib kelganda, uning ichidan toshga aylanib qotib
qolgan don va tuxum chiqdi». (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. 261-bet.)
Alloh aytadi:
َنﻮُﻌَﺒﱠﺘُﻣ ْﻢُﻜﱠﻧِإ يِدﺎَﺒِﻌِﺑ ِﺮْﺳَأ ْنَأ ﻰَﺳﻮُﻣ ﻰَﻟِإ ﺎَﻨْﻴَﺣْوَأَو
)
٥٢
(
“Biz Musoga: «Bandalarim (Isroil avlodi) bilan tunda yo‘lga chiqqin! Albatta, sizlarning izingizga tushilur» - deb
vahiy yubordik”. (Shuaro, 52.)
َﻳ ِﺮْﺤَﺒْﻟا ﻲِﻓ ﺎًﻘﻳِﺮَﻃ ْﻢُﻬَﻟ ْبِﺮْﺿﺎَﻓ يِدﺎَﺒِﻌِﺑ ِﺮْﺳَأ ْنَأ ﻰَﺳﻮُﻣ ﻰَﻟِإ ﺎَﻨْﻴَﺣْوَأ ْﺪَﻘَﻟَو
ُفﺎَﺨَﺗ ﻻ ﺎًﺴَﺒ
ﻰَﺸْﺨَﺗ ﻻَو ﺎًآَرَد
)
٧٧
(
Biz Musoga: «Sen bandalarimni (Isroil avlodini) tunda olib ket va (ortingdan) yetib kelishdan xavf qilmagan va
(g‘arq bo‘lishdan ham) qo‘rqmagan holingda dengizdan ularga quruq yo‘l och» - deb vahiy yubordik. (Toha, 77.)
Mufassirlar va ahli kitoblardan ba’zilarining xabar berishlaricha, Muso (a.s.)ga bani Isroilni olib Misrdan
chiqib ketish buyurilgan kuni, ular o‘zlarining bir milliy bayramlariga to‘planish uchun Fir’avndan ijozat
so‘radilar. Fir’avn ichida norozi bo‘lsa ham, ijozat bermaslikning yo‘lini topolmadi.
Ahli kitoblardan rivoyat etilishicha, Bani Isroilga Misrdan chiqib ketishga amr etilgach, Alloh taolo ushbu oyni
ularning yilboshiga aylantirdi va ularga har bir oila o‘zlari uchun yangi tug‘ilgan qo‘zi so‘yish, agar ular bunga
muhtoj bo‘lmasalar, qo‘shnilarga yordam berish buyurildi. Qo‘zilar so‘yilgandan keyin, uning qoni bilan
darvozalariga alomat qo‘yish ham ta’kidlandi. Qo‘zi a’zolarining hamma go‘shtlarini, qaynatib emas, qovurib
yeyish, ulardan biror narsani qoldirmaslik, uydan tashqariga hech narsa chiqarmaslik, qo‘zining suyagini
sindirmaslik, endi yetti kungacha ovqatlari faqat patir non bo‘lishi buyurildi. Bani Isroil bu ajoyib ziyofatni bahor
payti, yangi yilning birinchi oyi, o‘n to‘rtinchi kunida boshladilar. Ularga yana shart qilindiki, taomlanayotgan
vaqtlarida bellari belbog‘ bilan mahkam bog‘langan, oyoqlaridan mahsilari yechilmagan, hassalari qo‘llarida
bo‘lgan va tik turgan holda taomni tez-tez tanovul qilsinlar. Ovqatdan ortib qolsa, uni kelgusi kunga saqlab
qo‘ymasdan, o‘tda kuydirib yuborsinlar.
Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
Dostları ilə paylaş: |