bermaganini sizlarga ato etganini eslangiz! Ey qavmim! Sizlar uchun Alloh bitib qo‘ygan bu muqaddas yer (Baytul-Maqdis)ga kiringiz va ortingizga qaytib ketmangizki, ziyon ko‘ruvchilarga aylanib qolasiz». Aytdilar: «Ey Muso! U yerda bahaybat (zolim) qavm bor. Ular u yerdan chiqmagunlaricha, biz u yerga sira kirmaymiz. Agar u yerdan chiqsalargina, biz kiruvchilardirmiz.» (O’n ikki yo‘lboshchi ichidan
Allohdan) qo‘rqadigan va Allohning in’omiga sazovor bo‘lganlaridan ikki kishi shunday dedi: «Ular ustiga (shaharga) darvozadan kiringiz. Unga kirib olishingiz bilan, sizlar g‘olib bo‘lasiz. Agar mo‘‘min bo‘lsangiz, Allohga tavakkul qilingiz!» Aytdilar: «Ey Muso! Modomiki, ular u yerda ekanlar, biz sira u yerga kirmagaymiz. Sen o‘zing va Rabbing borib, ular bilan jang qilaveringlar. Biz esa shu yerda o‘tiruvchilarmiz». (Muso) aytdi: «Ey Rabbim! Men faqat o‘zim va birodarim (Horunga) egalik qilurman. Bas, bizni u fosiqlar qavmidan O’zing ajrim qilgin!» (Alloh) dedi: «Albatta, u (Baytul-Maqdis) endi ular uchun qirq yilga (kirishi) taqiqlangandir. Yer yuzi bo‘ylab sarsonlikda yuradilar. Sen (bu kabi) fosiqlar qavmi uchun qayg‘urma!» (Moida, 20-26.) Shunday qilib Muso (a.s.) qavmlari Tiyh sahrosida adashib, sargardonchilikda mashaqqatlar chekdilar.
Misrda chekkan mashaqqatlari xolva bo‘lib: «Koshkiydi Misrdan chiqmagan bo‘lsak», deyishdi.
Baytul-maqdis (Ariho)da shu davrda istiqomat qilgan «jabbor» qavm haqida mufassirlar juda ko‘p
rivoyatlarni keltirganlar. Ularning jasadlari haddan ortiq ulkan, beso‘naqay ekanligi, Muso (a.s.) ularni da’vat
qilish uchun yuborgan o‘n ikki kishi jabborlardan biriga duch kelgani, ularni ushlab cho‘ntagiga, qo‘yniga va
yengiga solib, podshohi huzurida qo‘yib yuborgani, podshoh: «Bu nima?» - deb so‘ragani, ya’ni ular bunday
mitti odamlarning Odam avlodidan ekanligiga ishonmagani va hokazo rivoyatlarni aytadilarki, bu rivoyatlar
hech qanday asosga ega bo‘lmagan, aqlga ham, naqlga ham mos kelmaydigan xurofotlardir.
Mufassir al-Bag‘aviy o‘z tafsirida rivoyat etishicha, jabborlardan bo‘lgan Avj ibn Unuq Isroil avlodlarini halok qilish
uchun shahardan tashqariga chiqadi, ularga uloqtirish uchun tog‘ning cho‘qqisini sindirib oladi va boshiga ko‘tarib Isroil
avlodlari tomon shitob bilan yuradi. Uning bo‘yi uch ming uch yuz o‘ttiz uch gaz(Bir gaz yetmish santimetrdan ortiqdir.)
456
Bir qush tepadan kelib, harsangni cho‘qiydi va uni teshib qo‘yadi. Harsang tosh Avjning bo‘yniga halqadek osilib qoladi.
Bundan foydalangan Muso (a.s.) sakrab turib, hassalari bilan uni uradilar. Muso (a.s.)ning bo‘ylari o‘n gaz (sakkiz metr),
hassalarining uzunligi ham o‘n gaz edi. Yana o‘n gaz balandlikka sakrab, Avjning to‘fig‘idan jarohatlaydilar va halok
etadilar.
Agar shu rivoyat rost bo‘lib, jabborlar haddan ortiq ulkan bo‘lganda edi, Alloh taolo ular bilan jang qilib,
Baytul-Maqdisni egallashni Isroil avlodlariga buyurmagan bo‘lardi. Ular itoatsizlik qilsalar ham, ma’zur
sanalardilar.
Ibn Abbos, Mujohid, Ikrima, Atiyya, as-Sadiy, ar-Rabi’ ibn Anas va boshqalarning fikricha, Isroil avlodlariga
nasihat qilib, payg‘ambarga itoat qilsalar va shaharga tavakkul bilan kirib borsalar najotga erishishlari mumkin
ekanligini ishora qilgan ikki solih kishi-Yusha’ ibn Nun va Kolib ibn Yufanno edilar. Bu ikkovlari Allohning
buyrug‘iga tajovuz qilmadilar, payg‘ambar so‘ziga itoat qildilar va najotga erishib, Baytul-Maqdisga sog‘-
salomat kirib bordilar. Tiyhga kirib qolganlarning barchasi esa qirq yillik sarson-sargardonchilikda vafot etishdi.
Imom Ahmad rivoyat qiladi: Al-Miqdod Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga Badr kuni shunday dedi: «Ey Allohning
Rasuli, Biz sizga Isroil avlodlari Muso (a.s.)ga:
«Sen o‘zing va Rabbing borib, ular bilan jang qilaveringlar. Biz esa shu yerda o‘tiruvchilarmiz» - degan javobni
aytmaymiz, balki, «Siz boring, Rabbingiz bilan birga jang qiling, biz ham siz bilan birga jang qiluvchilarmiz» - deymiz».
(Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. 273-bet.) Isroil avlodlarining Muso (a.s.)ga itoatsizlik qilganlari va buning jazosiga Tiyh vodiysida sargardon bo‘lib qirq
yil qolib ketganlari Qur’onda bayon etilgan.
Ammo, bu voqea «Ahli kitoblar»ning kitoblarida yozilmagan. Ularning aytishlaricha, Muso (a.s.) jabborlar
bilan jang qilish uchun Yusha’ ibn Nun boshchiligida askar tayyorlab, Baytul muqaddasga yubordilar. Ularning
jangini Muso, Horun va Xur tog‘ cho‘qqisidan kuzatib turdilar. Muso (a.s.) har gal hassalarini ko‘targanda,
Yusha’ askarlari dushmanni quvardilar, agar qo‘llari tolib, hassa qiyshayib ketsa, dushman hujumni
kuchaytirardi. Kun botishiga yaqin qolganda, Yusha’ ibn Nun boshchiligidagi Muso askarlari g‘olib bo‘lib,
dushmanni tor-mor etdilar.
Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)