Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


qilganlari sababli Isroil avlodiga Rabbingizning chiroyli so‘zlari



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə222/270
tarix16.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98904
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   270
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

qilganlari sababli Isroil avlodiga Rabbingizning chiroyli so‘zlari (bergan va’dasi) o‘z adosini topdi. 
Fir’avn va uning qavmi qurgan binolari hamda ko‘targan qasru burjlarini vayron qildik». (A’rof, 137-
138.)
 
Alloh taolo Fir’avn va uning a’yonlarini, vazir va amirlarini, qudratli qo‘shinini dengizda halok qildi. 
Mamlakatda oddiy mehnatkash va hunarmand ra’iyatdan boshqa odam qolmadi. 


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
108
Ibn Abdulhakim «Misr tarixi» kitobida shunday yozadi: «Mana shu vaqtdan boshlab ayollarning erkaklar 
ustidan hukmronligi boshlandi. Amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning beva qolgan xotinlari nasab 
jihatidan o‘zlaridan past sanalgan oddiy mehnatkash erkaklarga turmushga chiqishga majbur bo‘ldilar. Ammo 
avvaldan qul yoki xizmatkorga mensimasdan muomala qilib o‘rgangan boyvuchcha ayollar, ularga xotin bo‘lib 
tekkanlaridan keyin ham o‘z maqomlarini tark etmadilar, erlariga shunday qo‘pol muomala qilishda davom 
etdilar. Ayollarning bunday dimog‘dorligi, oila jilovini o‘z qo‘llariga olishga intilishlari Misrda hozirgi paytgacha 
davom etib kelmoqda». 
Ahli kitoblar aytadilar: «Alloh taolo Fir’avn va uning qavmini halok qilganidan keyin, Muso (a.s.) va bani 
Isroil: «O’zining do‘stlari bo‘lgan otliqlarni (Isroil avlodlarini) halokatli dengizdan sog‘-salomat o‘tkazgan, 
dushman askarlariga esa qahr qilgan qudratli Parvardigorimizni ulug‘laymiz!» - deb tasbih aytdilar. 
Nabiyya Maryam qo‘liga childirma olib chiqdi, boshqa ayollar ham childirma, nog‘oralarni ko‘targan holda 
unga ergashdilar. Maryam jo‘r ayollarga bosh bo‘lgan holda shunday tasbeh aytdi: «Otliq dushmanlarga qahr 
etib, ularni dengizga uloqtirgan Rabbimizni poklayman». 
Nabiyya Maryam Muso va Horunning tug‘ishgan opasi edi. Uning «nabiyya» deb atalishiga sabab, odatda 
podshoh xonadonidan bo‘lgan har qanday ayol-qizga malika, amirlik xonadonidan bo‘lsa, amira deb murojaat 
qilinganidek, ikki payg‘ambarning opasi bo‘lgan Maryamni ham nabiyya deb atashardi. 
Maryam va boshqa ayollarning xursandchilikdan childirma va nog‘ora chalishlari Muso (a.s.)ning 
shariatlarida man etilmagan edi. Shuningdek, nikoh to‘ylarida, g‘oyibni kutib olishda nog‘ora va childirma 
chalish Muhammad (s.a.v.)ning shariatlarida ham man etilmagan. Oysha onamizning xonadonlarida qizlar 
childirma chalib o‘yin qilishayotgan, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) esa devorga o‘girilib yotgan edilar. Abu Bakr 
Siddiq kirib qoldilar va qizlarga: «Rasulullohning uylarida Shaytonning o‘yinini qilyapsizlarmi?» - deb zajr 
qildilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Ey Abu Bakr, ularni o‘z holiga qo‘ying, har bir qavmning bayram kuni bo‘ladi, 
bugun bizning bayramimizdir» - dedilar.  

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin