Bugungi kunda xorij tajribalaridan andoza olish, ijodiy yondashgan holda amaliyotda joriy etish, zamon talabiga mos ravishda me'yoriy hujjatlar, o‘quv-metodik adabiyotlar, o‘quv metodik majmualarniishlab chiqish, ilg‘or xorijiy tajriba asosida maktabgacha ta'lim tashkilotlarining rahbar va mutaxassislarida zamonaviy menejment va pedagogik texnologiyalar bo‘yicha sohaga oid bilimlar va ko‘nikmalarni shakllantirish vazifalari dolzarb masalalar sirasiga kiritilmoqda.

Maktabgacha ta'limga Yaponiya Davlati
Maktabgacha ta'limga Yaponiyada katta e'tibor beriladi, chunki psixologlarning ta'kidlashicha 7 yoshgacha inson bilimlarni 70% ni, qolgan 30% ni butun qolgan umri davomida o‘zlashtirar ekan. Maktabgacha tarbiya odatda oiladan boshlanadi. Yapon ayollari uchun onalik birinchi o‘rinda turadi. Ko‘pgina yapon ayollarining aytishlaricha, bola tarbiyasi – ularning hayotlarining maqsadlaridir.
Yaponlar bolaning erta voyaga yetishi tarafdoridirlar. Turli yoshlarda tarbiyaning turli muammolariga urg‘u beradi. Masalan, 1 yoshda – o‘ziga ishonch hissini uyg‘otish, 2 yoshda – amaliy san'at qo‘l mehnatini ko‘rsatish, 3 yoshda – burch hissini tarbiyalash, 4 yoshda – yaxshilik va yovuzlikni farqlashga o‘rgatish, 5 yoshda – liderlik hislatlarini tarbiyalash, mustaqillikka, reja tuzish va ularni bajarishga o‘rgatish. Bolalar va qizlar turlicha tarbiyalanadilar. O‘g‘ilga oilaning bo‘lajak tayanchi sifatida qaraydilar va qiyinchiliklarni yengishga o‘rgatadilar. Qizlarni esa uy ishlariga tayyorlaydilar.