Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


ishing uchun haq olishing mumkin edi». U



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə249/270
tarix16.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98904
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   270
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

ishing uchun haq olishing mumkin edi». U (Xizr) aytdi: «Mana shu sen bilan mening ajrashimizdir. Endi 
men seni sabr qilishga toqating yetmagan narsalarning ta’vilidan ogoh qilurman». (Kahf, 74-78.)
 
 
Ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilinishicha, Ibn Abbos (r.a.) va al-Har ibn Qays al-Fizoriy Muso (a.s.) bilan 
uchrashgan solih kishining kimligi xususida tortishib qoldilar. Ibn Abbos (r.a.) u kishini Xizr dedilar, al-Fizoriy 
esa boshqa odam derdi. Shu yerdan o‘tib ketayotgan Ubay ibn Ka’bni Ibn Abbos to‘xtatdilar va unga dedilar: 
«Men va sherigim ikkimiz Muso (a.s.) bilan uchrashgan solih kishi haqida tortishib qoldik. Siz shu haqda 
Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan biror so‘z eshitganmisiz?». Ubay ibn Ka’b Muso (a.s.) bilan uchrashgan solih kishi 
Xizr ekanliklarini Payg‘ambar (s.a.v.)dan eshitganlarini tasdiq etdilar. 
Xizr (a.s.) Muso (a.s.)ga bo‘lib o‘tgan voqealarning sababini bayon etdilar: 
 ٌﻚِﻠَﻣ ْﻢُهَءاَرَو َنﺎَآَو ﺎَﻬَﺒﻴِﻋَأ ْنَأ ُتْدَرَﺄَﻓ ِﺮْﺤَﺒْﻟا ﻲِﻓ َنﻮُﻠَﻤْﻌَﻳ َﻦﻴِآﺎَﺴَﻤِﻟ ْﺖَﻧﺎَﻜَﻓ ُﺔَﻨﻴِﻔﱠﺴﻟا ﺎﱠﻣَأ
 ﺎًﺒْﺼَﻏ ٍﺔَﻨﻴِﻔَﺳ ﱠﻞُآ ُﺬُﺧْﺄَﻳ
)
٧٩
(
 ﺎًﻧﺎَﻴْﻐُﻃ ﺎَﻤُﻬَﻘِهْﺮُﻳ ْنَأ ﺎَﻨﻴِﺸَﺨَﻓ ِﻦْﻴَﻨِﻣْﺆُﻣ ُﻩاَﻮَﺑَأ َنﺎَﻜَﻓ ُمﻼُﻐْﻟا ﺎﱠﻣَأَو
 اًﺮْﻔُآَو
)
٨٠
(
 ﺎًﻤْﺣُر َبَﺮْﻗَأَو ًةﺎَآَز ُﻪْﻨِﻣ اًﺮْﻴَﺧ ﺎَﻤُﻬﱡﺑَر ﺎَﻤُﻬَﻟِﺪْﺒُﻳ ْنَأ ﺎَﻧْدَرَﺄَﻓ
)
٨١
(
 
«Kema xususiga kelsak, u dengizda ishlaydigan miskinlarniki edi. Bas, men uni aybli qilib 
qo‘ymoqchi bo‘ldim. Chunki ularning ortida barcha kemalarni tortib olayotgan podshoh bor edi. «Haligi 
bolaning esa, ota-onasi mo‘min kishilar edi. Bas, biz u bola tug‘yon va kufr bilan ularni qiynab 
qo‘yishidan qo‘rqdik. «Shu sababdan, ularga Parvardigorlari u boladan ko‘ra pokizaroq va undan ko‘ra 
mehribonroq (boshqa bolani) evaz qilib berishini istadik». (Kahf, 79-81.) 
Xizr (a.s.) o‘ldirgan bolaning evaziga Alloh taolo qiz farzand bergani, bu qiz kelajakda ota-onasiga ko‘p mehribonlik 
qilib, xizmat qilgani va o‘zi ham soliha ayollardan bo‘lgani haqida Dovud ibn Abu Osim juda ko‘p muhaddislardan rivoyat 
qilgan. (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. Dorul-manor. 296-bet.)

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin