Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə252/270
tarix16.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98904
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   270
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

www.ziyouz.com kutubxonasi 
122
Umar ibn Xattob (r.a.) Payg‘ambar masjidlarini kengaytirish lozim bo‘lganda quruvchi ustaga shunday amr 
etgan edilar: «Masjidni avval qanday bo‘lsa, odamlar uchun xuddi shunday qurib bergin, devorlarni sariq, qizil 
ranglarga bo‘yamagin, namozxonlarni chalg‘itmasin!» 
Ibn Abbos (r.a.): «Masjidni yahudiylar va nasroniylar kanisalarini bezaganlaridek tillo bilan bezamanglar!» - 
deganlar. 
Bunday dabdababozlikdan qaytarishni musulmonlarga bo‘lgan hurmat deb qarashimiz kerak. Chunki, 
masjidlarning obod va go‘zalligi jamoatning ko‘pligi, ibodatni butunlay Allohga tavajjuh bilan qilinganligidadir. 
Muso (a.s.) qurgan «qubbatuz zamon» bani Isroil adashib yurgan Tiyh vodiysida edi. Shuning uchun bu 
qubba yahudiylarning ka’basi va qiblasi bo‘ldi. Bu ka’baning imomi Muso (a.s.) edilar. Qubba yonida 
qilinadigan qurbonliklarga esa Horun (a.s.) mutasaddi edilar. Horun (a.s.)ning vafotlaridan so‘ng, u kishining 
avlodlari qurbonlik marosimlarini hozirgi vaqtgacha boshqaradilar.
Muso (a.s.)ning vafotlaridan keyin u kishining ishlari shogirdlari Yusha’ ibn Nunga qoldi. Yusha’ ibn Nun 
bani Isroil qavmini Baytul maqdisga olib kirdilar. Muso (a.s.) o‘rnatgan qubba Baytul maqdis yonidagi katta 
qoyatosh ustiga o‘rnatildi. Odamlar shu qubbaga qarab namoz o‘qirdilar. Qubba yo‘q bo‘lib ketganidan keyin 
uning poydevori bo‘lgan qoyatoshga qarab namoz o‘qish davom etdi va bani Isroil payg‘ambarlarining qiblasi 
shu qoyatosh bo‘lib qoldi. Hatto Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham hijratdan avval shu qiblaga qarab namoz o‘qir 
edilar va o‘zlari bilan qibla orasiga Ka’bani qo‘yardilar. Madinaga hijrat qilganlaridan keyin namoz farz bo‘ldi va 
Rasululloh (s.a.v.) o‘n olti yoki o‘n yetti oy Baytul maqdisga qarab namoz o‘qidilar. Keyin asli Ibrohim (a.s.)ning 
qiblalari bo‘lgan Ka’ba Payg‘ambari miz (s.a.v.)ga va barcha musulmonlarga qibla qilib berildi. 
Muso (a.s.) Allohning amri bilan qurgan qubba va tobut haqida Qur’oni karimning «Baqara» surasida ishora 
bor: 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin