اﻮُﺟُﺮْﺨَﻳ ْنِﺈَﻓ ﺎَﻬْﻨِﻣ اﻮُﺟُﺮْﺨَﻳ ﻰﱠﺘَﺣ ﺎَﻬَﻠُﺧْﺪَﻧ ْﻦَﻟ ﺎﱠﻧِإَو َﻦﻳِرﺎﱠﺒَﺟ ﺎًﻣْﻮَﻗ ﺎَﻬﻴِﻓ ﱠنِإ ﻰَﺳﻮُﻣ ﺎَﻳ اﻮُﻟﺎَﻗ َنﻮُﻠِﺧاَد ﺎﱠﻧِﺈَﻓ ﺎَﻬْﻨِﻣ ) ٢٢ ( Aytdilar: «Ey Muso! U yerda bahaybat (zolim) qavm bor. Ular u yerdan chiqmagunlaricha, biz u yerga sira kirmaymiz. Agar u yerdan chiqsalargina, biz kiruvchilardirmiz». (Moida, 22.) «Jabbor bir qavm bilan biz jang qilmaymiz. Sen Robbing bilan borib jang qil», - deyishdi.
Alloh taolo qavmning Baytul muqaddasga kirish uchun tayyor emasligini aytib, itoatsizlik qilganlari
sababidan, ularning boshlaridan biroz issiq-sovuq, qiyinchilik o‘tkazib, bu qiyinchilik birinchidan ularning
itoatsizlik qilganlari uchun jarima bo‘lsa, ikkinchidan ularni mustaqillikka o‘rgatish va bu mustaqillik ulug‘ ne’mat
ekanligidan ogoh etishni iroda qildi va ularni qirq yil Tiyh vodiysida sargardonlikka duchor qildi:
َﻦﻴِﻘِﺳﺎَﻔْﻟا ِمْﻮَﻘْﻟا ﻰَﻠَﻋ َسْﺄَﺗ ﻼَﻓ ِضْرﻷا ﻲِﻓ َنﻮُﻬﻴِﺘَﻳ ًﺔَﻨَﺳ َﻦﻴِﻌَﺑْرَأ ْﻢِﻬْﻴَﻠَﻋ ٌﺔَﻣﱠﺮَﺤُﻣ ﺎَﻬﱠﻧِﺈَﻓ َلﺎَﻗ ) ٢٦ ( «Alloh dedi: «Albatta, u (Baytul muqaddas) endi ular uchun qirq yilga kirishi taqiqlangandir. Yer yuzi bo‘ylab sarsonlikda yuradilar. Sen (bu kabi) fosiqlar qavmi uchun qayg‘urma!» (Moida, 26.) Alloh taolo Bani Isroilni qirq yil Tiyh vodiysida sarson qildi, sinadi, osmondan bedana kabob va halvo
tushirib ham sinadi, bulut bilan soya solib, issiqdan najot berib ham, o‘zi bilan muloqotga chaqirib, bevosita
ovozini eshittirib ham sinadi, buzoqqa sig‘inganlarni bir-birlarini o‘ldirtirib ham sinadi, xullas bir joyda qo‘nim
topmadilar, ko‘chib yurdilar, qasr-bog‘lar barpo qilolmadilar, ular uchun anhor va daryo to‘la suvlar yo‘q edi,
ular uchun mevalari g‘arq pishgan bog‘lar yo‘q edi. Misrdan qochib chiqqan va Baytul muqaddasga kirish
amrini buzgan kishilarning birortasi qolmadi, ularning barchasi hasratda sochilib ketdi, hatto payg‘ambarlari
Horun (a.s.) ham, Muso (a.s.) ham Baytul muqaddas yo‘lini topolmasdan olamdan o‘tib ketdilar. Bu muqaddas
shaharga kirish baxtini Alloh taolo yangi payg‘ambar Yusha’ ibn Nun (a.s.) boshchiliklaridagi bani Isroilning
sargardonlikda dunyoga kelgan va ko‘paygan yangi avlodiga nasib etdi. Ular sargardonlikda dunyoga kelib,
hayot kechirib, bir joyda qo‘nim topish, o‘zlariga mustaqil bo‘lish qanday baxt ekanligining qadriga yetadigan
Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)