www.ziyouz.com kutubxonasi
126
Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda, janob Rasululloh (s.a.v.) dedilar: «Agar men o‘sha yerda bo‘lganimda, sizlarga Muso (a.s.)ning qabrlarini ko‘rsatar edim. U zotning qabrlari «saxra» (muallaq tosh)dan bir o‘q yetar masofada, qizil rangli qum barxanlari orasidadir» .
Vahb ibn Munabbahdan rivoyat etilishicha, Muso (a.s.) bir to‘p farishtalarning qabr qaziyotganlarini ko‘rdilar.
Qabr juda manzarali, fayzli ko‘rindi. Muso (a.s.): «Ey Allohning farishtalari, bu qabrni kim uchun
qaziyapsizlar?» - deb so‘radilar. Ular: «Allohning bandalaridan bo‘lgan bir ulug‘ odam uchun. Agar o‘sha ulug‘
odam siz bo‘lishni istasangiz, marhamat qabrga kiring, uzala tushib yoting, Allohga tavajjuh qiling!» - deyishdi.
Muso (a.s.) qabrga kirdilar va shu yerda yotgancha vafot etdilar. Farishtalar Allohning ulug‘ bandasi va
payg‘ambarini dafn etdilar.
Muso (as) 120 yoshlarida Tiyh sahrosida Baytul Muqaddas atrofida vafot etdilar, qabrlari ham o‘sha
yerdadir.
Muso (a.s.) qissalaridan dars va ibratlar Alloh taolo Muso (a.s.) va qavmlari bani Isroil haqida Qur’oni karimda juda batafsil ma’lumot bergan. Muso
(a.s.)ning tavalludlaridan boshlab, to umrlarining oxirigacha hayotlari aks etgan oyati karimalarning ma’nolari
va ularning hikmatlari haqida fikr yuritar ekanmiz, bu qissadan juda katta dars va ibrat olishimiz mumkin.
Qissada Alloh taolo o‘zining qudratini ham, Fir’avn va uning tarafdorlari makriga munosib makrini ham,
kutilmagan yerda bandalariga najot beruvchi mehribon Zotligini ham, bani Isroil qavmini qirq yil Tiyh vodiysida
sargardon qilganidek qahrini ham namoyish etgan. Har bir kitobxon bu qissani o‘qir ekan, o‘ziga quyidagi
ibratlarni olish mumkin:
1. Millatning ma’naviy tarbiyasi barchamizning vazifamizdir. Alloh taolo qissada bayon etishicha, zolim
Fir’avn qavmining orasida, doimiy ravishda ulardan haqorat, zulm, zo‘ravonlik ko‘rib, ezilib, qo‘rqib kelgan bani
Isroil qavmi erkin, farovon hayotdan uzoq, erkin fikr yuritish qobiliyatidan mahrum, axloqan tuban bo‘lishib, ular
uchun yaxshilik bilan yomonlikning farqi qolmagan edi. Shuning uchun Alloh taolo bu qavmni qayta tarbiyalash
uchun ularga Muso va Horun (a.s.)larni tarbiyachi payg‘ambar sifatida yubordi. Ularni o‘z haqqini taniydigan,
qo‘rqmas, jasoratli, mard bo‘lish uchun Muso (a.s.) boshchiliklarida jihod qilib, «Muqaddas yerga» kirishga
Alloh taolo amr etdi. Ammo qalbi vahima va qo‘rquv bilan limmo-lim to‘lgan, kimga bo‘lsa boshini egib, o‘zini
hokisor tutib, itoat etishga o‘rganib qolgan qavm dushman bilan jang qilishga, ularga qarshi qurol ko‘tarib
hujum qilishga yuragi dov bermadi va payg‘ambarga e’tiroz bildirishib: