) ١٣١ ( ﺎَﻧِدﺎَﺒِﻋ ْﻦِﻣ ُﻪﱠﻧِإ َﻦﻴِﻨِﻣْﺆُﻤْﻟا ) ١٣٢ ( «Ilyos ham, albatta, payg‘ambarlardandir. Qaysiki, o‘z qavmiga degan edi: «(Allohdan) qo‘rqmaysizlarmi?! Sizlar yaratuvchilarning yaxshisini qo‘yib, Ba’l nomli butga sig‘inyapsizlarmi? Sizlarning Rabbingiz va avvalgi ota-bobolaringizning ham Rabbini qo‘yib-a?!» Bas, (Ilyosni) yolg‘onchiga chiqardilar. Bas, albatta, ular (do‘zaxga) hozir qilinuvchilardir, illo, Allohning ixlosli bandalarigina (hozir bo‘lmaslar). Biz keyingi avlodlar orasida u (Ilyos) haqida (go‘zal maqtovlar) qoldiraylik. Ilyosga Salom! Biz ezgu ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz! Darhaqiqat, u Bizning mo‘min bandalarimizdandir». (Vas-soffot.123-132.) Ilyos (a.s.) yahudiylarga: «Ba’ldan voz keching. Yakkayu yagona Allohga sig‘ining, Unga ibodat qiling», -
deb nasihat qildilar. Agar Ba’ldan voz kechmasalar, Allohga qaytmasalar qattiq azob bo‘lishini aytdilar. Lekin
Alloh qalblarini muhrlab qo‘ygan qavm payg‘ambarlariga quloq solmadilar, uni o‘ldirmoqchi bo‘ldilar.
Ilyos (a.s.) qavmlaridan qochib, tog‘dagi g‘orlarda umr o‘tkazdilar.
Ka’bul ahborning rivoyat etishicha, Ilyos (a.s.) tog‘ ostidagi g‘orda o‘n yil istiqomat qildilar, rizqlarini qarg‘alar
keltirardi. Alloh taolo o‘sha zamon podshohini halok etdi va uning o‘rniga solih odam podshoh bo‘ldi. Ilyos
(a.s.) g‘ordan chiqib, qavm huzuriga keldilar, podshohni da’vat etdilar. Podshoh va qavm islomni qabul qildi.
Ammo qavmdan o‘n ming kishi islomni qabul etmagani uchun podshoh ularni qatl ettirdi.
Ibn Abud-dunyoning rivoyatida, Ilyos (a.s.)ning g‘ordagi hayotlari faqat qirq kun bo‘lgani aytiladi.
Vahb ibn Munabbah aytadi: «Ilyos (a.s.)ning qavmlari takzib qilib, u zotga ko‘p ozorlar yetkaza
boshlaganidan keyin Alloh taolo Ilyos (a.s.)ni vafot ettirishni iroda qildi. Ilyos (a.s.)ning huzurlariga osmondan
olov rangli bir hayvon tushdi. Unga mingan zahoti Ilyos (a.s.)da qanot paydo bo‘ldi, nurdan libos kiygizildi, uni
taom va sharob lazzatidan xalos qilindi, Ilyos (a.s.)da ham farishtalik, ham insonlik, ham osmoniylik, ham yerlik
xususiyati paydo bo‘ldi. Payg‘ambarlikni al-Yasa’ ibn Axtubga vasiyat qilib, o‘zlari osmonga chiqib ketdilar.»
Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)