ham Alloh keltirur. Zero, Alloh latif va ogoh zotdir». (Luqmon, 16.)
Demak, har bir inson o‘z ishini bilib qilishi, yomonlik, kufr va zulmdan saqlanishi, amalini ham, niyatini ham
sof qilishi zarur. Shundagina, u halokat va falokatdan amonda bo‘ladi.
3. Shirin so‘z bilan ilon inidan chiqar. Muso (a.s.)ning qissalarida shirin so‘z bilan da’vat qilishga alohida
e’tibor qaratilgan. Chunki, Muso va Horun (a.s.)lar da’vat uchun borayotgan qavm ham, ularning boshlig‘i
Fir’avn ham takabbur, buning ustiga zolim va jabbor kimsalardir. Dabdurustdan ularning g‘azabiga
uchramaslik, maqsadlarini oxirigacha aytib olish, shu bilan birga zolim va jabborlardan farqli o‘laroq, o‘zlarining
iymonli, hayoli va odobli ekanlarini namoyish etish uchun muloyimlik va shirinsuxanlik juda zarur edi. Shuning
uchun Alloh taolo Muso va Horun (a.s.) larga shunday amr etdi:
ﻰَﻐَﻃ ُﻪﱠﻧِإ َنْﻮَﻋْﺮِﻓ ﻰَﻟِإ ﺎَﺒَهْذا
)
٤٣
(
َﻟ ﻻْﻮَﻗ ُﻪَﻟ ﻻﻮُﻘَﻓ
ﻰَﺸْﺨَﻳ ْوَأ ُﺮﱠآَﺬَﺘَﻳ ُﻪﱠﻠَﻌَﻟ ﺎًﻨِّﻴ
)
٤٤
(
«Ikkingiz Fir’avnning oldiga boringiz, chunki u «Men-xudoman» deb haddidan oshdi. Bas, unga
yumshoq so‘z so‘zlangiz! Shoyad, u eslatma olsa yoki (halok bo‘lishidan) qo‘rqsa!» (Toha, 43-44.)
Da’vatni muloyim qilish, barchaga barobar ochiq chehrali bo‘lish, kechirimlilik qilish payg‘ambarimiz
(s.a.v.)ning ulug‘ sifatlari va fazilatlaridan edi. Alloh taolo U zotga ham ummatlarini «mav’izai hasana» bilan
da’vat qilishga buyurgan edi:
ِﺑ َﻚِّﺑَر ِﻞﻴِﺒَﺳ ﻰَﻟِإ ُعْدا
ِﺔَﻨَﺴَﺤْﻟا ِﺔَﻈِﻋْﻮَﻤْﻟاَو ِﺔَﻤْﻜِﺤْﻟﺎ
«(Ey Muhammad), Rabbingizning yo‘li (dini)ga hikmat va chiroyli nasihat bilan da’vat qiling!». (Nahl,
125.)
Musulmon kishi faqat dinga da’vat etayotganidagina emas, balki har qachon oilasi, qo‘shnilari,
qarindoshlari, hamkasblari orasida shirin so‘z va ochiq chehrali bo‘lishi lozim. Axir, aytadilar-ku:
Dostları ilə paylaş: |