Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə269/270
tarix16.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98904
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   270
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

 ﻢﺣ
)
١
(
 ِﻢﻴِﻠَﻌْﻟا ِﺰﻳِﺰَﻌْﻟا ِﻪﱠﻠﻟا َﻦِﻣ ِبﺎَﺘِﻜْﻟا ُﻞﻳِﺰْﻨَﺗ
)
٢
(
 ِبﺎَﻘِﻌْﻟا ِﺪﻳِﺪَﺷ ِبْﻮﱠﺘﻟا ِﻞِﺑﺎَﻗَو ِﺐْﻧﱠﺬﻟا ِﺮِﻓﺎَﻏ
 ُﺮﻴِﺼَﻤْﻟا ِﻪْﻴَﻟِإ َﻮُه ﻻِإ َﻪَﻟِإ ﻻ ِلْﻮﱠﻄﻟا يِذ
)
٣
(
 
«Ha, mim. (Ushbu Qur’on) qudratli va bilimli Alloh (tomonidan) nozil qilingan Kitobdir. U gunohni 
mag‘firat qiluvchi, tavbani qabul qiluvchi, azobi qattiq va ehson egasidir. Undan o‘zga iloh yo‘q. 
Qaytishlik faqat Uning O’zigadir». (G’ofir, 1-3.)
Mening orqamga xachirga mingan, ustiga yamaniy libos tashlagan bir odam kelib, men «U gunohni 
mag‘firat qiluvchi» deganimda, u: «Ayt!: «Ey gunohlarni kechiruvchi, mening gunohimni kechir!» - dedi. Men: 
«tavbani qabul qiluvchi» - deganimda, u: «Ayt!: «Ey tavbalarni qabul qiluvchi, mening tavbamni qabul et!» - 
dedi. Men: «azobi qattiq» - deganimda, u: «Ayt!: «Ey azobi qattiq, meni azoblamagin!» - dedi. Men: «ehson 
egasi» - deganimda, u: «Ayt!: «Ey ehson egasi, menga rahmatingdan ehson et!» - dedi. Men namozni tugatib, 
orqamga qarasam, haligi odam yo‘q edi. Men devor orqasidan chiqib, tashqaridagi odamlardan: «Xachir 
mingan, yamaniy libosga o‘rangan odamni ko‘rdingizlarmi?» - deb so‘radim. Ular hech kimni ko‘rmaganlarini 
aytishdi. Keyin: «Bu bizga ko‘rinmay, senga ko‘rinib, Allohdan tilak so‘rashni o‘rgatgan kishi Ilyos (a.s.) 
bo‘lsalar kerak» - deyishdi. 
Ilyos (a.s.) ketganlaridan keyin Alloh ularning yeriga yomg‘ir yog‘dirmadi, qattiq issiq bo‘ldi, qavm ochlikdan 
o‘la boshladi. Odamlar o‘limtiklarni yeyishga ham majbur bo‘lishdi. So‘ngra bu baloning sababi Ilyos (a.s.)ga 
ishonmaganliklari ekanligi ma’lum bo‘ldi va Ilyos (a.s.)ni qidirib topishib, unga tavba qildilar. Alloh taolo 
duolarini ijobat qildi va ulardan baloni ko‘tardi. 
Yahudiylar balodan qutulgan va farovonlikka erishganlaridan keyin avvalgi holatlarini unutdilar, bergan 
so‘zlaridan qaytdilar va kofir bo‘ldilar. 


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
131
Ilyos (a.s.) ularga nasihat qilaverib charchadilar, o‘rnilariga amakivachchalari Alyasa’ni qoldirib, o‘zlari 
tanholikka chekindilar. 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin