2.11. YA’QUB (A.S.) Ya’qub (a.s.)ning nomlari Qur’oni karimda o‘nta suraning o‘n yetti oyatida zikr etilgan.
Ishoq (a.s.)ning ikki o‘g‘illari ham teng katta bo‘ldilar. Ammo Ya’qub alohida fazilat egasi bo‘lib, uning
yuzidan nur tomib turardi. Shu sababli Ishoq (a.s.) bir kun bu o‘g‘illarining kelajagi porloq ekanligini,
xonadonida baraka bo‘lishini, pokiza avlodlar dunyoga kelishini bashorat qilib, Ya’qubning haqlariga duoyi xayr
qildilar. Ana shu sabab egizaklar o‘rtasida adovat va hasad paydo bo‘ldi. Iysu Ya’qubga yomon nazar bilan
qarab, unga tazyiq o‘tkaza boshladi. Bundan bezor bo‘lgan Ya’qub otalariga shikoyat qilib, shunday dedi: «Ey
ota, men sizga akam Iysudan shikoyat qilib keldim. Mening haqimga bashorat berib, duoyi xayr qilgan
kuninggizdan buyon menga yomon munosabatda bo‘lyapti, meni haqoratlayapti, tahdid qilyapti, o‘rtamizda
aka-ukalik mehri qolmadi, buning ustiga Kan’ondan uylangan ikki xotini bilan maqtanyapti, ikkovi ko‘p o‘g‘illar
tug‘ib berarmish, ular menga hayotda ro‘shnolik ko‘rsatmasmishlar. Shuning uchun Alloh sizga bergan
hikmatli, dono maslahatingiz bilan ikkovimizning oramizni kelishtirib qo‘yasiz deb sizga shikoyatimni aytdim».
Ikki aka-uka, jigarlarning bunday kelishmovchiligi, ular orasidagi adovat Ishoq (a.s.)ning dillariga anduh
soldi va Ya’qubga dedilar: «Ey o‘g‘lim, shubhasiz men o‘zing ko‘rib turganingdek, soch-soqolim oqarib,
peshonam tirishib, belim kamondek bukchayib, sharti ketib, parti qolgan cholga aylandim. Umrim oxirlab qoldi,
bir sabab bo‘ladiyu ajal meni hayotdan olib ketadi, ammo o‘lganimdan keyin sendan xotirjam bo‘lmayman,
chunki akang adovatini oshkor qilib turgan bo‘lsa, qaynota tomonlari serurug‘, tanish-bilishlari ko‘p bo‘lsa, seni
ko‘p qiynab qo‘yadi, degan tashvishdaman. Shuning uchun senga maslahatim shuki, sen bu yerdan ko‘chib,
Iroq yerining Faddonorom shahriga borgin. U yerda tog‘ang Lobon ibn Batuiyl yashaydi. U kishining qizlaridan
birortasiga uylangin-da, farzandlaring va qarindosh-urug‘laring, himoyachilaring ko‘paygandan keyin bu yerga
qaytib kelarsan. Men, albatta senga akangning hayotidan farovonroq hayotni, uning naslidan ko‘ra pokizaroq,
yaxshiroq naslni orzu qilaman. Seni Allohga amonat topshirdim, O’zi saqlasin!».
Ya’qubga otalarining maslahatlari taskin berdi va ma’qul tushdi. Tug‘ilib o‘sgan ota shaharlaridan bosh olib,
ota-onalarini Allohga topshirib, qaynoq yoshlar to‘kib, ikkovlaridan qayta-qayta duoyi xayr olib, musofirlikka yuz
tutdilar.
Lobon ibn Batuiyl Ya’qubni juda e’zoz bilan qarshi olib, uni bag‘riga uzoq bosib turdi, ko‘zlaridan sog‘inch va
surur yoshlari quyildi.
Ya’qub o‘zining kelishidan maqsadini, otasining so‘zlarini bayon qildi va agar rozi bo‘lsa, uning qizlaridan
biriga uylanishini ham qo‘shib qo‘ydi. Lobon ibn Batuiyl Ya’qubning bu taklifini xursandchilik bilan qabul qildi,
lekin nikohdan avval kelinning mahri uchun yetti yil cho‘pon bo‘lib ishlab berishni shart qildi. Ya’qub shartga
Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)