2.12. YUSUF (A.S.) Yusuf bolaligida bir tush ko‘rdi. Subhga yaqin ko‘rgan bu ajoyib tushidan qalbi farahga to‘lib uyg‘ondi.
Quvonchini ichiga sig‘dirolmay, darhol otasi Ya’qub (a.s.) huzurlariga shoshildi va shosha-pisha:
َﻦﻳِﺪِﺟﺎَﺳ ﻲِﻟ ْﻢُﻬُﺘْﻳَأَر َﺮَﻤَﻘْﻟاَو َﺲْﻤﱠﺸﻟاَو ﺎًﺒَآْﻮَآ َﺮَﺸَﻋ َﺪَﺣَأ ُﺖْﻳَأَر ﻲِّﻧِإ ِﺖَﺑَأ ﺎَﻳ «Ey otajon, men tushimda o‘n bir yulduzni, quyoshni va oyni menga sajda qilib turganlarini ko‘rdim», dedi.
Ya’qub (a.s.)ning yuzlari yorishib, o‘g‘illari Yusufga dedilar:
«Ey o‘g‘ilcham, bu tushingiz rost keladi. Alloh sizga xos bir fazlni, ilmni va bobolaringiz Ibrohim va Ishoqqa bergan
ne’mat singari ne’mati komilni berishni iroda qilibdi. Bu sizga muborak bo‘lsin, lekin bu ko‘rgan tushingizni akalaringizga
aytmang, ular bu kunlarda siz haqingizda yaxshi gap qilmayaptilar, hasad qilyaptilar, agar tushingizni eshitsalar, sizga
adovatlari kuchayadi va sizga zarar yetkazish uchun makr-hiyla qilishga o‘tib qoladilar».(Yusuf (a.s.)ning qissalaridagi barcha oyatlar mazkur suraning oyatlari bo‘lib, faqat zarurlarinigina tarjimasi olingan.) Jobir (r.a.) aytadilar: «Payg‘ambarimiz (s.a.v)ning huzurlariga yahudiylardan Bo‘stona al-yahudiy nomli bir
kishi keldi va dedi: «Ey, Muhammad, menga aytchi, Yusuf unga sajda qilayotganini tushida ko‘rgan
yulduzlarning nomlari nima?». Payg‘ambarimiz (s.a.v) hech narsa demadilar. Jabroil (a.s.) kelib, ularning
nomlarini bildirdilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v) yahudiyni ayttirib kelib, unga:
«Men senga ularning nomlarini sanab bersam, sen menga ishonasanmi? » - dedilar. Yahudiy «ha»
javobini berganlan keyin Payg‘ambarimiz (s.a.v) dedilar:
«Yulduzlarning nomlari Jarayon, At-Toriq, Az-Zayyol, Zul-kitfon, Qobis, Vassob, Amudon, Al-Faylaq, Al-Masbah, Az-Zaruh, Zul-far’, Az-Ziyo, An-Nurdir».
Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)