Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
59
(a.s.)ning husni-jamoliga mahliyo bo‘lgan xonimlar hushlaridan ayrilib o‘z qo‘llarini kesa boshladilar.
Zulayhoning qilgan xatosini uzrli deb topdilar. Ba’zi yengil tabiatlari Zulayhoga yordam bermoqchi bo‘lib, u
bilan kayfu safo qilishga Yusufni tezlay boshladilar. Yusuf (a.s.) Allohga tavajjuh qilib:
ﱠﻦِﻬْﻴَﻟِإ ُﺐْﺻَأ ﱠﻦُهَﺪْﻴَآ ﻲِّﻨَﻋ ْفِﺮْﺼَﺗ ﻻِإَو ِﻪْﻴَﻟِإ ﻲِﻨَﻧﻮُﻋْﺪَﻳ ﺎﱠﻤِﻣ ﱠﻲَﻟِإ ﱡﺐَﺣَأ ُﻦْﺠِّﺴﻟا ِّبَر َلﺎَﻗ
َﻦﻴِﻠِهﺎَﺠْﻟا َﻦِﻣ ْﻦُآَأَو
)
٣٣
(
«Ey Robbim, menga bular taklif qilayotgan narsadan ko‘ra zindon mahbubroqdir. Mendan bularning
makrini tezroq qaytarmasang, ularga giriftor bo‘laman va johillar qatoriga qo‘shilib qolaman», - dedilar.
Yusuf (a.s.) rozi bo‘lmagan va Zulayhoning umidi uzilgandan keyin, eridan: «Mening el orasida obro‘yimni
to‘kilishiga Yusuf sababchi bo‘ldi. Alamimdan chiqishim va obro‘yimni saqlashim uchun Yusufni zindonga
soling!», - deb talab qildi. Hech qanday aybi bo‘lmagan bechora Yusuf (a.s.) aziz tomonidan zindonga
tashlandilar.
Dostları ilə paylaş: