Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
57
Oyatning tarjimasida Shayx Abdulaziz Mansur «Qur’oni karim ma’nolarining tarjimasi» kitobida (Zulayho)
unga moyil, u (Yusuf dili)
ham bunga moyil bo‘lgandi. Agar Robbining hujjatini ko‘rmaganda (bo‘lar ish
bo‘lar edi) - deb ma’no beradi va bu ma’noga: «Yusufdagi moyillik dilda hosil bo‘ladigan,
lekin uni ijro etish
niyati bo‘lmagan moyillik edi. Zulayxodagi moyillik esa uni amalga oshirish niyati bilan edi» - deb izoh
beradi.
(A. Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. Toshkent. 2001. 238-bet.)
Ibn Jarir At-Tabariy tarix kitobida keltirgan xabarida As-Sadiy shunday rivoyat qiladi: «Azizning
xotini
Yusufni o‘z xonasiga chaqirib, unga shunday deydi:
-
Ey Yusuf, muncha sochlaring chiroyli?
- Sochlarim qabrda badanimdan birinchi bo‘lib sochilib ketadigan narsadir.
- Ey Yusuf, muncha ko‘zlaring chiroyli?
- Ko‘zlarim qabrda jasadimdan birinchi oqib tushadigan narsadir.
- Ey Yusuf, yuzlaring muncha chiroyli?
- Yuzlarimni qabrda tuproq yeb bitiradi.
Azizning xotini besabrlik bilan Yusufga talpindi. Yusuf esa unga moyil bo‘ldi. Ikkovlari xonaga kirdilar.
Ayol xona eshigini
qulfladi. Yusuf esa libosini yecha boshladi. Shu payt Yusufning ko‘ziga otasi Ya’qub (a.s.) tik turgan holda ko‘rindi. U
barmog‘ini tishlab: «Ey, Yusuf! U ayol bilan yotma! Agar sen u bilan yotmasang, osmonda uchib yurgan ozod qushsan.
Agar u bilan yotib qo‘ysang, osmonda o‘lib
qolgan qush misolisanki, yerga zarb bilan urilishdan o‘zingni saqlolmaysan!» -
dedi. Yusuf yana libosini kiyib oldi va tashqariga qarab qochdi. Yusufning orqasidan chang solgan ayol uning libosi
orqasidan ushlab, yirtib yubordi va ustidan yechib oldi».
(Tarixi Tabariy. 1-j. 236-bet.)
Abdulloh ibn Abu Mulayka aytadi: «Men Ibn Abbos (r.a.)dan: «Yusufning moyil bo‘lishi
qanday sodir
bo‘lgan?» - deb so‘radim. Ibn Abbos (r.a.) dedilar: «Azizning xotini cho‘zilib yotgan. Yusuf uning oyoqlari
orasiga o‘tirib olib, libosini yecha boshlagan. Shu payt Alloh taolo unga o‘z burhonini ko‘rsatgan. Ya’ni, Ya’qub
(a.s.) barmoqlarini tishlagan holda ko‘rinib, bu ishdan qaytarganlar».
Ba’zilarning aytishicha, «Zino qilayapsanmi? Qanoti yulingan qushning osmonga ko‘tarilganiga o‘xshab
qolasan-ku!» - degan ovoz eshitilgan.
Ba’zilarning aytishicha, uyning devorida:
Dostları ilə paylaş: