ﻼﻴِﺒَﺳ َءﺎَﺳَو ًﺔَﺸِﺣﺎَﻓ َنﺎَآ ُﻪﱠﻧِإ ﺎَﻧِّﺰﻟا اﻮُﺑَﺮْﻘَﺗ ﻻَو ) ٣٢ ( «Zinoga yaqinlashmanglar! Chunki u buzuqlik va yomon yo‘ldir».(Al-Isro, 32.) - degan yozuv ko‘ringan.
Yuqorida keltirilgan misollardagi uch fikr ham, «Albatta, u dili xolis bandalarimizdandir» - deb Alloh
maqtaganYusuf (a.s.)ning pokiza sha’nlariga nomunosibdir. Bunday fikrga kelish, o‘z payg‘ambarlarini turli
ayb, isyon va gunohlar bilan haqoratlovchi ahli kitoblarning ta’siriga berilish natijasidir.
«Yusuf (a.s.)ning yosh yigitliklari, husnlari Azizning qizi, Fir’avnning jiyani bo‘lgan Zulayhoni haddan ortiq
hirsini ziyoda qilgan, maqsadini amalga oshirish uchun butun imkoniyatini ishga solib, chiroyli kiyinib, xushbo‘y
bo‘lib, xoli uyga kirib, eshikni qulflagan va Yusufni zinoga chorlagan bo‘lsa ham, Yusuf (a.s.) o‘zlarining
payg‘ambar ekanliklarini va payg‘ambarlar avlodi ekanliklarini unutgan emaslar. Alloh taolo Yusuf
payg‘ambarini bunday fahsh ishdan, unga moyil qildirmasdan saqlagan, u kishini ayollar makridan himoya
qilgan. Chunki Yusuf (a.s.) sayyidlarning sayyidi, Payg‘ambarimiz (s.a.v) ta’riflagan yetti toifa taqvodorlarning
ulug‘i edilar.
Imom Buxoriy va Muslimning sahihlarida rivoyat etilishicha, Payg‘ambarimiz (s.a.v) marhamat qilganlar:
«Yetti toifa odamga Alloh taolo o‘zining arshi soyasidan joy beradi:
1. Odil imomga;
2. Bir odamgaki, xoli bo‘lganda Allohni zikr qiladi va ikki ko‘zidan yosh quyiladi;
3. Bir odamgaki, masjidda namoz o‘qib chiqib, keyingi namozgacha qalbi masjidga bog‘liq bo‘ladi;
4. Ikki odamgaki, ular Alloh uchun do‘st tutinadilar, shunga ko‘ra uchrashadilar va ajrashadilar;
5. Bir odamgaki, u qilgan sadaqasini maxfiy tutadi, hatto o‘ng qo‘li berganini chap qo‘li bilmaydi;
6. Bir yigitgaki, yoshligidan Allohning ibodatida voyaga yetsa;
7. Bir odamgaki, uni go‘zal va obro‘li ayol zinoga chaqirsa, u esa: «Men zino qilishga Allohdan qo‘rqaman» -
desa».
Yusuf (a.s.) mana shunday maqomdagi zot bo‘lib, u kishi Zulayhoning nopok istagiga moyil bo‘lishdan uzoq edilar.(Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 182-183-bet.) «Yusuf (a.s.) ayni gurkirab turgan yoshda va husnu malohatlari benazir bo‘lishi bilan birga, yoshlikdan
hikmat bulog‘idan sut ichgan, payg‘ambarlik quchog‘ida yayrab o‘sgan va o‘zlarini ham Alloh taolo
payg‘ambarlik sharafiga munosib tayyorlayotgan zot bo‘lib, qalblari Rabbilari bilan mashg‘ul, uning bir
chekkasida ham nopok ayollarga moyillikdan asar ham yo‘q edi.
Zulayho o‘z talabini aytganda, Yusuf (a.s.) unga javoban: «Sen xohlagan narsani qilishdan xudo saqlasin!
Menga yaxshi joy bergan, qul bo‘lishimga qaramay hurmatimni joyiga qo‘ygan xojamga xiyonat qilamanmi?!
Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)