Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/270
tarix16.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98904
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   270
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

www.ziyouz.com kutubxonasi 
62
«Agar bu (Binyamin) o‘g‘irlik qilgan bo‘lsa (qilgandir, chunki) ilgari uning akasi ham o‘g‘irlik qilgan edi» - 
deganlarida shu voqe’ani nazarda tutgan edilar. 
Akalar Yusuf (a.s.)ga yana murojaat qilib:
«Ey aziz, Binyominning bir qari otasi bor. Buning ayrilig‘iga chiday olmaydi, uning o‘rniga bizlardan 
bittamizni olib qoling. Bizlar sizni ezgu ishlarni qiluvchi zotlardan ekaningizni ko‘rmoqdamiz», - deyishdi. Yusuf 
(a.s.) rad javobini berib: 
«Alloh saqlasin, biz kimdan matomizni topgan bo‘lsak, o‘shani olib qolamiz. Aks holda biz zolim 
kimsalardan bo‘lib qolurmiz», - deb Binyominni olib qoldilar. Akalari noumid bo‘lgandan keyin endi nima qilish 
haqida maslahat qildilar. Yahuzo ularga dedi: 
«Otamiz bizlardan Binyominni saqlashimiz haqida va’da olmaganmidi, imon bilan qasam ichmaganmidik, 
endi nima deymiz. Bir ukamizni yo‘qotdik, ikkinchisi uchun ichgan qasamimizni buzdik. Hali otamizning jigari 
Yusuf uchun ezilishdan to‘xtagani yo‘q, ko‘zyoshlari tingani yo‘q; endi otamizning ko‘ziga qanday qaraymiz? 
Men bir qadam ham bosmayman, to otam izn bermaguncha yoki Alloh menga hukm qilmaguncha, chunki 
Alloh eng yaxshi hukm qiluvchidir», - dedi.
Akalar endi Binyominni ham, Yahuzoni ham Misrda qoldirib, otalari huzuriga bordilar va bo‘lgan voqeadan 
xabardor qildilar. Ya’qub (a.s.)ning firoq o‘tlari yanada ziyoda bo‘lsada, «bunda albatta Allohning hikmati bor», 
deb sabr qildilar. 
«(Ya’qub) dedi: «Yo‘q! Sizlarga havoyi nafsingiz (yomon) ishni chiroyli qilib ko‘rsatgan. Endi mening ishim 
chiroyli sabrdir. Shoyadki, Alloh ularning (Yusuf, Binyomin va katta o‘g‘limning) barchalarini bag‘rimga 
qaytarsa. Albatta, U bilim va hikmat sohibidir. 
Keyin ulardan yuz o‘girib: «esizgina Yusuf!» dedi. G’am-g‘ussadan uning ko‘zlari oqarib (ojiz bo‘lib) qoldi va 
endi u hazindir».
Oradan biroz vaqt o‘tgandan keyin o‘g‘illarini chaqirib:
«Boringlar! Haligacha Yusufning o‘lganiga ishona olmayman. Allohning lutfidan noumid bo‘lmanglar, borib 
izlanglar», - dedilar. Akalar Misrga bordilar va Yusuf (a.s.)ning huzurlariga kirib:
«Misr azizi, ukamizni bizga qaytaring, otamiz juda qarib qolganlar, uning hasratida ko‘z yoshi to‘kyaptilar. 
Yusufning yo‘qolgani uchun ham juda mahzunlar. Yig‘lay-yig‘lay ko‘zlari ko‘r bo‘lib qoldi», - deb yolvorishdi. 
Yusuf (a.s.) ularning yuzlariga kulimsirab qaradilar va:
«Sizlar johillik qilib Yusufni nima qilganlaringizni bilasizlarmi?» - dedilar. Akalari baravariga Yusufning 
yuzlariga qaradilar va ukalarini tanishib baravariga:
«Sen Yusufmisan?!», - deb baqirib yuborishdi. Yusuf (a.s.):
«Ha, men sizlar quduqqa tashlagan Yusufman. Alloh meni saqladi va Misrga hokim qildi», - dedilar. Akalar 
uzr aytishib: 
«Ey birodarimiz Yusuf, Biz xato qildik. Alloh bizni afv etsin, uzr so‘raymiz», - deb yig‘lashdi. Yusuf (a.s.) 
ularga:
«Men sizlarga hech qanday yomonlik qilmayman. Alloh arhamurrohimindir, sizni afv etsin. Mana bu 
ko‘ylagimni olib borib otamning ko‘zlariga suring, avvalgidek ko‘radigan bo‘ladi. Sizlar otamni va oila 
a’zolaringizni ham bu yerga olib keling!», - deb buyurdilar. 
Yusuf (a.s.) shu so‘zlarni aytayotgan paytlarida shamol ko‘ylakning hidini otalarining dimog‘iga olib bordi. 
Ya’qub (a.s.):
«Men Yusufning bo‘yini sezmoqdaman. Meni aqldan ozganga chiqarmasangizlar edi» - dedilar» va yig‘lay 
boshladilar. 
Bir muddat o‘tgandan keyin Yusuf (a.s.)ning akalari ham Misrdan qaytib keldilar. Ular hayajon bilan: 
«Otajon! Yusufni ko‘rdik, Misrga hokim bo‘libdi. Uning ko‘ylagini keltirdik», - deyishdi. 
Ya’qub (a.s.) Allohga shukronalar aytib sajdaga bosh qo‘ydilar. Yusuf (a.s.)ning ko‘ylaklarini ko‘zlariga 
surtdilar. Allohning izni bilan ko‘zlari ochildi. 
«(Yusufning akalari) dedilar: «Ey, ota, (Allohdan) bizning gunohlarimizni mag‘firat qilishini so‘ragin. Albatta, 
bizlar xato qiluvchilardan bo‘ldik». 
Ya’qub (a.s.) o‘g‘illarining maqsadi tavba ekanini va o‘z qilmishlaridan pushaymon ekanini bildilar va ularga:
«Albatta, Robbimdan sizlarni mag‘firat qilishini yaqinda so‘rayman. Albatta, U mag‘firat qiluvchi zotdir» - 
dedilar.
Ibn Mas’ud, Ibrohim At-Taymiy, Amr ibn Qays va Ibn Jurayj dedilar: «Ya’qub (a.s.) darhol duoga qo‘l 
ochmasdan, «sizlarni mag‘firat qilishini yaqinda so‘rayman» deyishlaridan maqsad, sahar paytini kutgan edilar. 
Muhorib ibn Disor aytadilar: «Umar (r.a.) masjidga borayotib, bir kishining duo qilayotganini eshitdilar. U 
shunday derdi: «Ey, Alloh, meni chaqirding, men ijobat qildim. Menga buyurding, men itoat qildim. Mana shu 
saharda meni mag‘firat qilgin!»


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin