Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
67
salavot (mag‘firat)
va rahmat bordir va aynan ular hidoyat topuvchilardir».(Baqara, 155-157.)
6. Ehsonning mukofoti ehsondir. Alloh taolo Yusuf (a.s.)ga hokimlik va ilm-hikmatni jam qilib berdi. Bu
ato
Yusufning yaxshiliklariga, ixloslariga munosib tuhfa edi. Ammo ilm-hikmat tuhfasi hokimlik va boylik
tuhfasidan afzaldir. Chunki, payg‘ambarlar nazdida mol-dunyo arzimas mato hisoblanadi. Yusuf (a.s.)ga
Alloh
bergan ilm-hikmat orasida tushlarni ta’vil qilish ne’mati ham bor edi.
Tushlarni ta’vil qilish, undan xulosa chiqarish g‘aybga tajovuz qilish emasdir. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga
Allohdan keladigan vahiy turlaridan biri subhi sodiq qorong‘u kechada yaqqol ko‘ringanidek «ro‘‘yoi sodiqa»,
ya’ni rost keladigan tushdan iborat edi.
Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadi: «Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Ashoblariga Qur’on suralarini qanday
o‘rgatsalar, istixorani ham shunday o‘rgatardilar».
«Istixora» deb biror
muhim ishni boshlashdan avval, uning natijasini xayrlimi yoki yo‘qmi ekanligini bilish
uchun o‘qiladigan namoz va undan so‘ng qilinadigan duoni aytiladi. Duodan so‘ng o‘ng
yonboshni bosib, yuzni
qiblaga qilib yotiladi. Alloh taolo tushida unga bashorat beradi.
Istixora bilan ko‘rilgan tushning ta’viliga qarab biror ishni qilish yoki to‘xtatish g‘aybga tajovuz emasdir.
Yusuf (a.s.)ning
erishgan barcha yaxshiliklari, u kishining avvaldan qilgan yaxshiliklariga: sabr-toqatlariga,
pokliklariga va ixloslariga mukofotdir.
Yaxshilik arab tilida ehson deyiladi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ehsonga shunday ta’rif berganlar:
«Ehson,
Dostları ilə paylaş: