Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
68
esa nafrat uyg‘onadi. Bunday nafratni esa Ya’qub va Iysu misolida ko‘rib o‘tgan edik. Farzandlar o‘rtasida
shunday adovat va nafrat uyg‘onmasligi uchun ota-onalar barcha farzandlariga bir xil munosabatda bo‘lishlari
lozim. Farzandlarning yaxshisi ham, yomoni ham o‘zlarining farzandlaridir, yomonidan kechib el orasida ham,
Alloh huzurida ham obro‘ga ega bo‘lolmaydilar. Aksincha, mas’ul bo‘ladilar Shunday ekan, har ikki
jigarbandlarini ham bir xil maqomda ko‘rib, har ikkovining haqqiga ham duoyi xayr qilishlari kerak. Duoyi
xayrning ijobati sababidan yaxshining yaxshiligi ikki barobarga ortadi, yomonning yomonligi ketib yaxshiga
aylanadi.
Ya’qub (a.s.)ning qalblari o‘n ikki farzanddan ko‘ra ko‘proq Yusufga moyil edi. Yusufning xulqi-atvori, tabiati
va siymosida zohir bo‘lgan uning kelajakdagi ulug‘ martaba va risolat egasi ekanligini payqagan Ya’qub (a.s.)
uni yeru-ko‘kka ishonmasdilar, nazarlaridan chetlatmasdilar. Shuning uchun Yusufga akalari hasad qilishar
edi. Yusuf o‘zlarining kelajaklaridan bashorat beruvchi tushni ko‘rib, otalariga so‘zlab berganlarida, Yusufni
akalaridan qattiq qizg‘onadigan bo‘lib qoldilar va unga shunday tayinladilar:
Dostları ilə paylaş: