Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


ٌﻦﻴِﺒُﻣ ﱞوُﺪَﻋ ِنﺎَﺴْﻧﻺِﻟ َنﺎَﻄْﻴﱠﺸﻟا ﱠنِإ اًﺪْﻴَآ َﻚَﻟ اوُﺪﻴِﻜَﻴَﻓ َﻚِﺗَﻮْﺧِإ ﻰَﻠَﻋ َكﺎَﻳْؤُر ْﺺُﺼْﻘَﺗ ﻻ ﱠﻲَﻨُﺑ ﺎَﻳ َلﺎَﻗ



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/270
tarix16.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98904
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   270
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

 ٌﻦﻴِﺒُﻣ ﱞوُﺪَﻋ ِنﺎَﺴْﻧﻺِﻟ َنﺎَﻄْﻴﱠﺸﻟا ﱠنِإ اًﺪْﻴَآ َﻚَﻟ اوُﺪﻴِﻜَﻴَﻓ َﻚِﺗَﻮْﺧِإ ﻰَﻠَﻋ َكﺎَﻳْؤُر ْﺺُﺼْﻘَﺗ ﻻ ﱠﻲَﻨُﺑ ﺎَﻳ َلﺎَﻗ
)
٥
(
 
«Ey o‘g‘ilcham! Tushingni akalaringga so‘zlab bermagin! Aks holda senga qattiq makr qilishadi. 
Zero, Shayton insonga qattiq dushmandir». (Yusuf, 5.)
 
Akalar va Yusuf o‘rtasidagi voqe’alar esa shuning natijasida sodir bo‘ldi.
Farzandlar o‘rtasida adovat paydo bo‘lishining yana bir muhim jihati, otaning ko‘pxotinlikka ruju’ qilishidir. 
Qaysi xotin erining e’tiborini aqli bilanmi, axloqi bilanmi yoki makr va ishvasi bilanmi o‘ziga qaratib olsa, otaga 
uning farzandi ham suyukliroq bo‘ladi yoki shunga majbur qiladi. Natijada boshqa ayollardan tug‘ilgan 
farzandlar qalbida hasad paydo bo‘ladi. Shuning uchun, avval o‘zimning qulog‘im tinsin, qolaversa
farzandlarim bir-birlariga muhabbatli bo‘lsin, degan har bir oqil kishi xotinlar sonini bittadan orttirmaydi. Alloh 
taoloning Qur’oni karimdagi hukmi ham faqat bitta xotin bilan kifoyalanishgadir. 
َﺪِﺣاَﻮَﻓ اﻮُﻟِﺪْﻌَﺗ ﻻَأ ْﻢُﺘْﻔِﺧ ْنِﺈَﻓ
 ًة
 
«Bordiyu (ular o‘rtasida) odil bo‘lolmaslikdan qo‘rqsangiz, bir ayolga uylaning». (Niso, 3.)
 
2.13. SHUAYB (A.S.) 
Shuayb (a.s.) arablardan chiqqan to‘rt payg‘ambar(Hud, Solih, Shuayb va Muhammad (s.a.v))larning bittasi bo‘lib, 
va’z-nasihatlari juda ta’sirli va fasohatli bo‘lgani uchun «Payg‘ambarlarning xatibi»(Ibn Abbosning rivoyat qilishlaricha
Rasululloh (s.a.v) Shuayb (a.s.) haqlarida gap ketganda: «Bu payg‘ambarlarning xatibi» - der ekanlar)
deb nomlanadilar. 
(Afif Abdulfattoh Tabbora. Ma’al-anbiyo fil-Qur’onil Karim. Lubnon. 199-bet.)
Shuayb (a.s.)ning ismlari suryoniycha Yatrundir. U kishining nasablarida ham shajara bilimdonlari biroz ixtilof qilganlar. 
To‘liq nomlari Shuayb ibn Yashxar ibn Lovo ibn Ya’qub (a.s.)dirlar. Ba’zi rivoyatda Shuayb ibn Sayfur ibn Ayfo ibn Sobit 
ibn Madyan ibn Ibrohim yoki Shuayb ibn Nuvayb ibn Ayfo ibn Madyan ibn Ibrohimdir, deyilgan.(Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. 
Qohira, 158-bet.)
 
 
Shuayb (a.s.)ning buvilari Lut (a.s.)ning qizlaridir. 
Madyan(Madyan - Qulzum (Qizil) dengiz sohilida joylashgan shahar)
shahri Ibrohim (a.s.)ning zurriyotlaridan bo‘lgan 
Madyan ismli badavlat hukmdor tomonidan qurilgan shahar edi. Bu shahar aholisi arablardan bo‘lib, ular Shomning juda 
katta yerini ishg‘ol qilgan Ma’on vodiysida istiqomat qilishardi. Keyinchalik ular Allohni unutdilar, «Al-Ayka» deb 
nomlanuvchi qalin shoxli, serbarg bo‘lgan bir daraxtni muqaddas bilib, o‘sha daraxtga sig‘ina boshladilar va kofir bo‘ldilar 
Buning ustiga yo‘lto‘sar-qaroqchilik bilan shug‘ullana boshladilar. Tijoratda, savdo-sotiq va o‘lchov ishlarida xiyonatga 
berilib, tarozudan urish, hiyla qilish yo‘llari bilan pul topishar edi. Ana shu qabiladan chiqqan Shuayb (a.s.) o‘z qavmlariga 
payg‘ambar qilib yuborildilar.(Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 159-bet.)
Shuayb (a.s.) Madyan va Al-Ayka (Al-Ayka – sershoxli, barglari qalin bo‘lgan bir daraxt. Shu daraxtga sig‘inuvchilar 
istiqomat qiladigan shaharning nomi ham Al-Ayka bulib, hozirda Tabuk deyiladi) 
aholisini avvalo yolg‘iz Allohga imon 
keltirishga va tijoratda halol bo‘lishga chaqirdilar. Alloh taolo Qur’oni karimda shunday deydi: 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin