Allohni ko‘z bilan ko‘rib turganingdek, unga ibodat qilishingdir. Chunki, sen uni ko‘rmaganing bilan Alloh seni ko‘rib turibdi». Alloh yo‘lida kimki Yusuf (a.s.)ning yo‘llaridan yurar ekan, Alloh Yusufdek uning oqibatini ham yaxshi qiladi.
7. Odamlar orasida yaxshi taassurot paydo qilish zarur. Yusuf (a.s.) yomonlikka aslo qo‘l urmadilar.
Biroq odamlar orasida ayollarning makri va g‘iybati tufayli o‘z xojasiga xiyonat qilgan, pokiza Zulayhoga
tajovuz qilgan niyati buzuq bir kimsa sifatida gap tarqalgan edi. Farosatli Yusuf (a.s.) podshoh tomonidan
zindondan ozod etilganlarida, aslida aybdor, ammo podshohning marhamati bilan zindondan qutulgan kishi
emas, balki tuhmatga uchragan, aslida ham beayb va pok inson sifatida boshlarini baland ko‘tarib, g‘urur bilan
zindondan chiqib ketishni xohladilar. Shuning uchun podshohning chopari kelib, Yusuf (a.s.)ning ozod
etilganlarini e’lon qilib, birgalashib saroyga borishni taklif etganda, Yusuf (a.s.) zindondan chiqishga
shoshilmadilar va:
ﱠنِإ ﱠﻦُﻬَﻳِﺪْﻳَأ َﻦْﻌﱠﻄَﻗ ﻲِﺗﻼﻟا ِةَﻮْﺴِّﻨﻟا ُلﺎَﺑ ﺎَﻣ ُﻪْﻟَﺄْﺳﺎَﻓ َﻚِّﺑَر ﻰَﻟِإ ْﻊِﺟْرا َلﺎَﻗ ُلﻮُﺳﱠﺮﻟا ُﻩَءﺎَﺟ ﺎﱠﻤَﻠَﻓ ٌﻢﻴِﻠَﻋ ﱠﻦِهِﺪْﻴَﻜِﺑ ﻲِّﺑَر «Chopar kelgach, u (Yusuf) dedi: «Xojang huzuriga qaytib borginda, undan qo‘llarini kesib olgan ayollar nima bo‘lganini so‘ra! Albatta, Rabbim ularning makrlarini biluvchidir»(Yusuf, 50.) , -dedilar.
Podshoh o‘sha ayollarni va Misr azizining xotinini chaqirib, bo‘lib o‘tgan voqe’aning haqiqatini so‘radi. Ayolarning
hammasi Yusufdan biror xatolik o‘tmaganini tan oldilar. Zulayxo ham xatolik o‘zidan sodir bo‘lganini, Yusufning butunlay
pokligini e’tirof etdi. Yusuf (a.s.)ning mutlaqo pok ekanliklarini bilgan va ilm-hikmat sohibi ekanliklaridan hayratlangan
podshoh, oziq-ovqat vaziri lavozimiga ta’yinlab, Misr azizi martabasini berdi. Misr xalqi orasida esa, Yusuf (a.s.)ning pok
va amonatli insonliklari oshkor bo‘ldi.