Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


ﱠﻦِﻬْﻴَﻟِإ ُﺐْﺻَأ ﱠﻦُهَﺪْﻴَآ ﻲِّﻨَﻋ ْفِﺮْﺼَﺗ ﻻِإَو ِﻪْﻴَﻟِإ ﻲِﻨَﻧﻮُﻋْﺪَﻳ ﺎﱠﻤِﻣ ﱠﻲَﻟِإ ﱡﺐَﺣَأ ُﻦْﺠِّﺴﻟا ِّبَر َلﺎَﻗ



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/270
tarix16.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98904
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   270
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

 ﱠﻦِﻬْﻴَﻟِإ ُﺐْﺻَأ ﱠﻦُهَﺪْﻴَآ ﻲِّﻨَﻋ ْفِﺮْﺼَﺗ ﻻِإَو ِﻪْﻴَﻟِإ ﻲِﻨَﻧﻮُﻋْﺪَﻳ ﺎﱠﻤِﻣ ﱠﻲَﻟِإ ﱡﺐَﺣَأ ُﻦْﺠِّﺴﻟا ِّبَر َلﺎَﻗ
 َﻦﻴِﻠِهﺎَﺠْﻟا َﻦِﻣ ْﻦُآَأَو
)
٣٣
(
 
«(Yusuf) dedi: «Ey Rabbim! Menga taklif etishayotgan narsadan ko‘ra zindon ma’qulroqdir. Agar ularning 
makrlarini mendan darig‘ tutmasang, ularga moyil bo‘lib, johillardan bo‘lib qolurman».(Yusuf, 33.)
 
Agar Yusuf (a.s.) shahvoniy nafs yo‘lida hech narsadan tap tortmaydigan bir besabr ayolning domiga ilinib, 
nafs ko‘yiga yurgan va u bilan zinoga qadam qo‘yganlarida, ehtimolki, Alloh taolo u kishini qattiq jazolardi
ehtimolki o‘limga hukm etilardilar. Alloh taolo azaldan ato etgan poklik sababli o‘zlarini saqladilar, xojalariga 
xiyonat qilmadilar, Allohning shariatini buzmadilar, natijada Allohning o‘zi bu itoat va poklikni munosib 
taqdirladi. Yusuf (a.s.) qullikdan Misr azizi martabasiga ko‘tarildilar, Zulayxo bilan nopok tarzda uchrashmagan 
bo‘lsalar, endi Alloh taoloning marhamati bilan halol-pok nikohlangan zavjalariga aylandi. 
5. Sabrning tagi oltindir. Yusuf (a.s.)ning qissalarida insonda mavjud bo‘ladigan barcha sifatlarga 
qaraganda qiyinchiliklarga sabr qilish fazilati yuksak darajada ta’rif etilgan. Ya’qub (a.s.)ning musibatlarga 
qilgan sabrlari, Yusuf (a.s.)ning qiyinchilik, mashaqqat va xo‘rliklarga qilgan sabrlari go‘zal iboralar bilan bayon 
etilgan. Haqiqatan ham, Yusuf (a.s.)ning boshlaridan o‘tgan savdolar, u kishiga qilingan tuhmatlar, adovatlar 
alamiga oddiy inson chidayolmasligi tabiiydir. Payg‘ambarning o‘g‘li, dunyoda eng go‘zal inson, o‘zi ham 
payg‘ambar bo‘lgan kishi, mehribon ota-onasi hayot bo‘la turib, o‘zining tug‘ishgan akalari tomonidan xo‘rlanib, 
tagi zimiston qorong‘u bo‘lgan quduqqa berahmlarcha tashlab yuborilsa, topib olgan kishilar tomonidan bir 
necha tanga bahoga qul qilib sotib yuborilsa, ayollar makriga uchragan, ammo pokligini saqlagan holda quruq 
tuhmatga uchrab, el orasida nomi qoralansa, uzoq muddat yer ostida, zax bosgan zindonda jabrlansa, bunday 
balolarga chidash mumkinmi? Ammo Yusuf (a.s.) bularning hammasiga Alloh bergan sabr fazilati orqali 
chidadilar, bardosh berdilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Sabr xursandchilikning kalitidir», - deganlaridek, 
Yusuf (a.s.)ning boshlaridan o‘tgan barcha mashaqqatlarga sabr etishlari yaxshilik bilan, xursandchilik bilan 
tugadi. 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin