www.ziyouz.com kutubxonasi
65
َنﻮُﻤَﻠْﻌَﺗ ﻻ ﺎَﻣ ِﻪﱠﻠﻟا َﻦِﻣ ُﻢَﻠْﻋَأَو ِﻪﱠﻠﻟا ﻰَﻟِإ ﻲِﻧْﺰُﺣَو ﻲِّﺜَﺑ ﻮُﻜْﺷَأ ﺎَﻤﱠﻧِإ َلﺎَﻗ ) ٨٦ ( «U aytdi: «Men g‘am va tashvishlarimdan faqat Allohga shikoyat qilaman va men Allohning (mehribonligi haqida) sizlar bilmaydigan narsalarni bilurman».(Yusuf, 86.) Barcha musibatlardan najotni faqat Allohdan kutgan Ya’qub (a.s.)ga Alloh taolo ikkinchi bor marhamat qilib,
yo‘qotgan o‘g‘illarining ikkovini ham o‘z amonatida saqladi va muxlis payg‘ambariga sog‘-salomat qaytardi.
Yusufning dardida ojizlanib qolgan ko‘zlariga shifo berdi. Qilgan ishlaridan pushaymon bo‘lgan akalar tavba
qildilar. Ya’qub (a.s.) gunohkor o‘g‘illarini ham faqat Allohdan mag‘firat so‘rashga, uning rahmatidan noumid
bo‘lmaslikka chaqirdilar:
ْﻦِﻣ ُﺲَﺌْﻴَﻳ ﻻ ُﻪﱠﻧِإ ِﻪﱠﻠﻟا ِحْوَر ْﻦِﻣ اﻮُﺳَﺄْﻴَﺗ ﻻَو ِﻪﻴِﺧَأَو َﻒُﺳﻮُﻳ ْﻦِﻣ اﻮُﺴﱠﺴَﺤَﺘَﻓ اﻮُﺒَهْذا ﱠﻲِﻨَﺑ ﺎَﻳ َنوُﺮِﻓﺎَﻜْﻟا ُمْﻮَﻘْﻟا ﻻِإ ِﻪﱠﻠﻟا ِحْوَر ) ٨٧ ( «Ey o‘g‘illarim, boringlar, Yusuf va uning ukasini izlanglar va Allohning rahmatidan noumid bo‘lmanglar. Zero, Allohning rahmatidan faqat kofirlar qavmigina noumid bo‘lur».(Yusuf, 87.) Juda og‘ir musibatlarga duchor bo‘lsalarda, Ya’qub (a.s.) hech qachon Allohning rahmatidan noumid
bo‘lmadilar, oxirda uning marhamatiga sazovor bo‘ldilar. Shuning uchun o‘g‘illarini ham noumid bo‘lmaslikka
chaqirdilar, natijada ularning gunohlari ham kechirilib, umrlarining oxirini yaxshilikda, rohat-farog‘atda
o‘tkazdilar.
2. Allohning yagonaligiga hujjatlar ko‘p. Barcha payg‘ambarlar tarafidan Allohning huzuridan
ummatlariga keltirgan din – islom dini bo‘lib, bu din insonlarni Allohning vahdoniyatiga-yagona deb e’tiqod
qilishga chaqiradi. Qavmlarini vahdoniyatga chaqirgan payg‘ambarlarning siyratlari haqida bayon etilarkan,
ular ham qavmlarini o‘z tillari bilan Allohni yagona deb imon keltirishga, unga biror narsani sherik qilmaslikka-
tavhidga chaqirganlari aytiladi. Masalan: Yusuf (a.s.)ning zindonda o‘z sheriklariga shunday deb da’vat
qilganlari Qur’on oyatlarida keltirilgan: