ُﻢﻴِﻠَﻌْﻟا ُﻊﻴِﻤﱠﺴﻟا َﻮُه ُﻪﱠﻧِإ ﱠﻦُهَﺪْﻴَآ ُﻪْﻨَﻋ َفَﺮَﺼَﻓ ُﻪﱡﺑَر ُﻪَﻟ َبﺎَﺠَﺘْﺳﺎَﻓ ) ٣٤ ( «Bas, Yusufning Robbi duosini ijobat qildi va u ayollarning makrlarini undan bartaraf etdi. Albatta, U eshituvchi va biluvchidir». Yusuf (a.s.) bilan birga zindonga ikki qul ham tashlangan edi. Ularning biri Misr azizining sharbatchisi,
ikkinchisi esa novvoyi edi. Ikkovi ham Yusuf (a.s.)ga hurmat ko‘rsatishardi. Ikkovi bir kunda tush ko‘rdi va
uning ta’birini Yusuf (a.s.)dan so‘rash uchun yonlariga kelishdi. Biri dedi:
ﻲِﻧاَرَأ ﻲِّﻧِإ ُﺮَﺧﻵا َلﺎَﻗَو اًﺮْﻤَﺧ ُﺮِﺼْﻋَأ ﻲِﻧاَرَأ ﻲِّﻧِإ ﺎَﻤُهُﺪَﺣَأ َلﺎَﻗ ِنﺎَﻴَﺘَﻓ َﻦْﺠِّﺴﻟا ُﻪَﻌَﻣ َﻞَﺧَدَو ُﻪْﻨِﻣ ُﺮْﻴﱠﻄﻟا ُﻞُآْﺄَﺗ اًﺰْﺒُﺧ ﻲِﺳْأَر َقْﻮَﻓ ُﻞِﻤْﺣَأ «Men tushimda idishga uzumni siqib, sharob tayyorlayotgan emishman». Ikkinchisi:
«Men tushimda boshimga savat qo‘yib, turfa nonlarni ko‘tarib ketayotsam, qushlar savatdan non olib qochib, undan yeyayotganini ko‘rdim», - dedi.
Yusuf (a.s.) ularga: ﺎَﻳ ُﺮَﺧﻵا ﺎﱠﻣَأَو اًﺮْﻤَﺧ ُﻪﱠﺑَر ﻲِﻘْﺴَﻴَﻓ ﺎَﻤُآُﺪَﺣَأ ﺎﱠﻣَأ ِﻦْﺠِّﺴﻟا ِﻲَﺒِﺣﺎَﺻ ْﻦِﻣ ُﺮْﻴﱠﻄﻟا ُﻞُآْﺄَﺘَﻓ ُﺐَﻠْﺼُﻴَﻓ ِﻪِﺳْأَر «Ey, ikki hamzindonlarim! Endi, sizlarning biringiz ko‘rgan tushga kelsak, (u ozod etilib, yana) xojasiga soqiylik qilur. Unisi bo‘lsa, (dorga) osiladi va uning boshidan qushlar cho‘qib yerlar». Keyin sharobchiga qarab:
َﻚِّﺑَر َﺪْﻨِﻋ ﻲِﻧْﺮُآْذا ﺎَﻤُﻬْﻨِﻣ ٍجﺎَﻧ ُﻪﱠﻧَأ ﱠﻦَﻇ يِﺬﱠﻠِﻟ َلﺎَﻗَو «Agar sen ozod bo‘lib, podshoh huzurida bo‘lsang, zindonda begunoh qamalganlar ham borligini podshohga uqtirgin», - dedilar.
Yusuf (a.s.)ning bashoratlariga muvofiq oz fursatda novvoy dorga osilib ketdi, sharobchi esa o‘z xizmatiga
tayinlanib, podshohga soqiy bo‘ldi. Ammo Yusuf (a.s.) najotni Allohdan so‘rash o‘rniga soqiydan umidvor
bo‘lganlari uchun zindonda yana bir necha yil qolib ketdilar.
Misr podshohi yomon tush ko‘rdi. Uning xavfi va vahimasidan qo‘rqib uyg‘ondi va mamlakat olimlari, saroy
a’yonlarini jamlab ularga tushini bayon qildi: