Fir’avnning jallodlari qilichlarini o‘tkirlab, malika Osiya huzuriga keldilar va Fir’avnning buyrug‘i tufayli
daryodan topib olingan chaqaloqni qatl etmoqchi ekanliklarini aytishdi. Osiya ularga: «Shoshilmanglar, bu bitta
chaqaloq yashagani bilan bani Isroil qavmi ko‘payib ketmaydi. Men o‘zim Fir’avnning oldiga borib, undan shu
bolaga omonlik so‘rayman, agar omonlik bersa, sizlar menga ko‘p yaxshilik qilgan bo‘lasizlar, agar o‘limga
buyursa, meni sizlarga hech qanday ginam qolmaydi» - dedi va darhol turib, Fir’avnning huzuriga bordi. Unga
chaqaloqni ko‘rsatib: «(Bu bola) men uchun ham, sen uchun ham ko‘z quvonchidir. Uni o‘ldirmanglar.
Shoyadki, uning bizlarga nafi tegsa yoki uni farzand qilib olsak» - dedi.
Fir’avn xotiniga: «Sening ko‘zing quvonayotgan bo‘lsa, olaqol, ammo mening bu bolaga hojatim yo‘q!» -
dedi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday dedilar: «Alloh nomiga qasamki, agar Fir’avnning ko‘zi ham xotini
Osiyaning ko‘zidek quvonganda, Alloh taolo Osiyani hidoyat qilganidek, uni ham hidoyat qilgan bo‘lardi. Lekin
Alloh taolo Fir’avnni hidoyatdan mahrum etdi».
Allohning irodasi bilan Musoni emizishlik uchun saroyga emizuvchi ayollar taklif etildilar. Muso boshqa
onalarni emmadi.
ُﻪَﻟ ْﻢُهَو ْﻢُﻜَﻟ ُﻪَﻧﻮُﻠُﻔْﻜَﻳ ٍﺖْﻴَﺑ ِﻞْهَأ ﻰَﻠَﻋ ْﻢُﻜﱡﻟُدَأ ْﻞَه ْﺖَﻟﺎَﻘَﻓ ُﻞْﺒَﻗ ْﻦِﻣ َﻊِﺿاَﺮَﻤْﻟا ِﻪْﻴَﻠَﻋ ﺎَﻨْﻣﱠﺮَﺣَو َنﻮُﺤِﺻﺎَﻧ ) ١٢ ( «Biz oldindan Musoga barcha emizuvchi ayollarni taqiqladik (u hech bir ayolni emmadi), shunda (uning opasi
kelib): «Men sizlarga unga kafil bo‘lib (emizadigan) va unga xolis (tarbiya beradigan) bir oilani ko‘rsataymi?» - dedi. (O’sha sura, 12.) Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Musoning opasi Fir’avn qavmiga bolani emizadigan va uni mehribonlik bilan
tarbiyalaydigan ayolga dalolat qilishini aytganda, ular: «Sen u ayolni bu bolaga yaxshi tarbiya berishini va
mehribonlik qilishini qaerdan bilasan?» - deb so‘raganlarida, Musoning opasi hech ikkilanmasdan: «Men bu
ishni podshohimizning xursandliklari va u kishiga biroz bo‘lsa ham foydam tegishi uchun qilyapman» - dedi.
Fir’avn a’yonlari uni qo‘yib yuborishdi. Musoning opasi borib, onasi Yukobidni olib keldi. Muso esa o‘z onasini
to‘yib emdi va tinchlandi. Bundan gumonsiragan Homon: «Sen kimsan va nima uchun ayni seni qo‘lingda
go‘dak orom topdi», - deb savolga tutdi. Yukobid: «Men pokiza ayolman, mendan xushbo‘y hid keladi, shuning
uchun chaqaloq meni tanlagan bo‘lsa kerak», - deb javob berdi.