Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
95
qo‘zilarning onasidan boshqa ranglisini hadya qildi. Muso (a.s.) qo‘ylarning barchasini ikki qismga bo‘lib, kichik
bir hovuz yoniga qo‘ydilar-da, o‘zlari
hovuzning bir chekkasida turib, yonlaridan o‘tgan qo‘yning qorniga cho‘p
bilan turtib qo‘ya boshladilar. Natijada tug‘ilgan barcha qo‘zilar onasining rangidan boshqa rangda tug‘ildi...
Rasululloh (s.a.v.) aytadilarki:
«Agar Shomni fath etsalaringiz, mana shu qo‘ylarning qolgan-qutganini
ko‘rasizlar. Ular «As-Somiriyya» deb nomlanuvchi qo‘ylardir».
(O’sha manba, 232-bet.)
Muso (a.s.) o‘z xotinlari bilan Madyanda shirin hayot kechirar ekanlar, Misrda qolgan qarindosh-urug‘lari,
oila a’zolarini, yaqinlarini juda sog‘inar edilar. Kundan-kun ziyoda bo‘lgan sog‘inch Muso (a.s.)ni
Misr tarafga
safar qilishga undadi.
Muso (a.s.) xotinlari Safurani, ikki o‘g‘illarini va qaynotalari bergan qo‘ylarini olib,
Misrga qaytayotganlarida
Tur tog‘i yaqinida, ittofoqo kecha juda qorong‘u, havo esa juda sovuq edi. O’t yoqishga imkoniyat yo‘q, yo‘l
yurishga esa hech narsani ko‘rib bo‘lmasdi.
Ochiq va yalanglikda, tog‘ yonbag‘rida to‘xtab qolishgan edi.
Shu payt uzoqdan – Tur tog‘ining ustidan yongan olov ko‘rindi. Muso (a.s.) hamrohlariga: «Sizlar shu yerda
turinglar, men olov ko‘ringan
tarafga borib, biror xabar olib kelaman» - dedilar.
Dostları ilə paylaş: