Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
94
Ulamolar Madyanda Muso (a.s.)ni kutib olib,
ijaraga ishga olgan, ikki dono qizning otasi bo‘lgan qariya kim
ekanligi borasida turli fikrlar aytganlar. Ko‘pchilik ulamolarning fikricha, mazkur qariya Shuayb (a.s.)dirlar. Bu
fikrni tasdiqlovchi hujjat Hasan al-Basriy va Molik ibn Anasdan rivoyat qilingan.
Yana bir toifa ulamolar: «Shuayb (a.s.) o‘z qavmlari ommaviy halokatga uchragandan keyin,
juda uzoq umr
ko‘rganlar, hatto Musoning davrlarigacha yashaganlar va Muso Madyanga kelib, Shuaybning qizlariga
uylanganlar» - deb qat’iy fikr bildiradilar.
Ibn Abi Hotim va boshqa olimlar Hasan al-Basriydan keltirgan boshqa rivoyatlarida: «Musoni
Madyanda kutib olgan
qariyaning ham ismi Shuayb bo‘lib, u suvlarning boshlig‘idir, Madyan egasi bo‘lgan payg‘ambar emasdir» - deydilar.
(Ibn
Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 230-bet.)
Ulamolar orasida, qariya Shuayb (a.s.)ning jiyanlari edi, amakivachchalari edi, Shuayb qavmidan bo‘lgan bir
mo‘min edi,
Yatrun ismli bir kishi edi, deganlar ham mavjud. Ahli kitoblardan birining fikricha, Yatrun Madyan
kohinlaridan biri, eng ulug‘i edi.
Ibn Abbos (r.a.) va Abu Ubayda (r.a.) aytadilar: «Uning (qariyaning) ismi Yatrun edi. Abu Ubayda: «Yatrun
Shuaybning akalarining o‘g‘li edi», - deb, Ibn Abbos esa: «Yatrun Madyanning egasi edi», - deb qo‘shimcha
qilganlar.
Umar,
Ibn Abbos, Shurayh al-Qoziy, Abu Molik, Qatoda, Muhammad ibn
Ishoq va boshqalar shunday
rivoyat qiladilar: «Shuaybning qizi:
«Ey, ota, uni ishga yollagin!» - deganda, otasi unga: «Uning haqida nima
bilasan?» - deb so‘radi. Qiz javob berdi: «O’n kishi zo‘rg‘a ko‘taradigan katta toshni bir o‘zi ko‘tarib, bizga
yordam berdi. Men
uni chaqirib kelayotganimda, oldinda yo‘lboshlamoqchi edim. U menga: «Sen orqamga
o‘tib yur, burilish joyga kelganda qaysi tomonga yurishimni ko‘rsatish uchun mayda tosh otib menga yo‘lni
ko‘rsat» - dedi.
Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: «Odamlarning o‘tkir farosatlisi uchtadir:
1. Misr azizi, chunki u xotiniga: «Uning hurmatini joyiga qo‘y» - dedi;
2.
Shuaybning qizi, chunki u otasiga: «Ey, ota, uni ishga yollagin!» - dedi;
3. Abu Bakr Siddiq, chunki u o‘zidan keyin Umarni xalifalikka tavsiya etdi».
(O’sha manba, 230-bet.)
Shuayb (a.s.)ning
«Menga sakkiz yil ishlab berishing evaziga men senga mana shu ikki qizimdan
Dostları ilə paylaş: