Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə186/270
tarix16.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98904
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   270
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

 
 


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
94
Ulamolar Madyanda Muso (a.s.)ni kutib olib, ijaraga ishga olgan, ikki dono qizning otasi bo‘lgan qariya kim 
ekanligi borasida turli fikrlar aytganlar. Ko‘pchilik ulamolarning fikricha, mazkur qariya Shuayb (a.s.)dirlar. Bu 
fikrni tasdiqlovchi hujjat Hasan al-Basriy va Molik ibn Anasdan rivoyat qilingan. 
Yana bir toifa ulamolar: «Shuayb (a.s.) o‘z qavmlari ommaviy halokatga uchragandan keyin, juda uzoq umr 
ko‘rganlar, hatto Musoning davrlarigacha yashaganlar va Muso Madyanga kelib, Shuaybning qizlariga 
uylanganlar» - deb qat’iy fikr bildiradilar. 
Ibn Abi Hotim va boshqa olimlar Hasan al-Basriydan keltirgan boshqa rivoyatlarida: «Musoni Madyanda kutib olgan 
qariyaning ham ismi Shuayb bo‘lib, u suvlarning boshlig‘idir, Madyan egasi bo‘lgan payg‘ambar emasdir» - deydilar. (Ibn 
Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 230-bet.)
 
 
Ulamolar orasida, qariya Shuayb (a.s.)ning jiyanlari edi, amakivachchalari edi, Shuayb qavmidan bo‘lgan bir 
mo‘min edi, Yatrun ismli bir kishi edi, deganlar ham mavjud. Ahli kitoblardan birining fikricha, Yatrun Madyan 
kohinlaridan biri, eng ulug‘i edi. 
Ibn Abbos (r.a.) va Abu Ubayda (r.a.) aytadilar: «Uning (qariyaning) ismi Yatrun edi. Abu Ubayda: «Yatrun 
Shuaybning akalarining o‘g‘li edi», - deb, Ibn Abbos esa: «Yatrun Madyanning egasi edi», - deb qo‘shimcha 
qilganlar.  
Umar, Ibn Abbos, Shurayh al-Qoziy, Abu Molik, Qatoda, Muhammad ibn Ishoq va boshqalar shunday 
rivoyat qiladilar: «Shuaybning qizi: «Ey, ota, uni ishga yollagin!» - deganda, otasi unga: «Uning haqida nima 
bilasan?» - deb so‘radi. Qiz javob berdi: «O’n kishi zo‘rg‘a ko‘taradigan katta toshni bir o‘zi ko‘tarib, bizga 
yordam berdi. Men uni chaqirib kelayotganimda, oldinda yo‘lboshlamoqchi edim. U menga: «Sen orqamga 
o‘tib yur, burilish joyga kelganda qaysi tomonga yurishimni ko‘rsatish uchun mayda tosh otib menga yo‘lni 
ko‘rsat» - dedi. 
Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: «Odamlarning o‘tkir farosatlisi uchtadir: 
1. Misr azizi, chunki u xotiniga: «Uning hurmatini joyiga qo‘y» - dedi; 
2. Shuaybning qizi, chunki u otasiga: «Ey, ota, uni ishga yollagin!» - dedi;
3. Abu Bakr Siddiq, chunki u o‘zidan keyin Umarni xalifalikka tavsiya etdi». (O’sha manba, 230-bet.)
 
 
Shuayb (a.s.)ning «Menga sakkiz yil ishlab berishing evaziga men senga mana shu ikki qizimdan 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin