birini nikohlab bermoqchiman» - degan mazmundagi oyatni dalil qilib, Hanafiy mazhab ulamolari, bunday
so‘zni tijoratda ham ishlatsa bo‘ladi, deganlar. Masalan: mana bu ikki quldan birini, mana bu ikki libosdan birini
sotaman deb shartnoma qilsa bo‘ladi.
Imom Ahmad Muso (a.s.)ning Shuayb (a.s.) bilan tuzgan shartnomalarini dalil qilib: «Har bir kishi o‘z qornini
to‘yg‘azish uchun taom evaziga yoki kiyinish uchun libos evaziga o‘zini ijaraga qo‘ysa bo‘ladi», - deb fatvo
berganlar. Dalil sifatida quyidagi hadisni keltiradilar:
«Ataba ibn Al-Munzir aytadi: «Biz Rasululloh (s.a.v.)ning huzurlarida o‘tirgan edik. Rasululloh (s.a.v.) «To.
Sin. Mim.» (Qosos surasi) surasini o‘qib, Muso (a.s.)ning qissalariga yetganda, shunday dedilar: «Albatta, Muso (a.s.) qornini to‘yg‘azish va nomusini saqlash uchun o‘zini sakkiz yoki o‘n yilga ijaraga bergan». Ataba ibn As-Salmo rivoyat qiladiki, Rasululloh (s.a.v.) dedilar:«Albatta, Muso qornini to‘yg‘azish va nomusini saqlash uchun o‘zini ijaraga bergan». (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. 230-231-bet.) Muso (a.s.) Shuaybga bergan ikki muddat – sakkiz va o‘n yildan qaysi birini o‘taganligi haqida ko‘plab
hadislar rivoyat qilingan. Biz shulardan uchtasini keltirish bilan kifoyalanamiz.
Imom Buxoriy rivoyat qiladi: «Sa’id ibn Jubayr aytadi: «Yahudiylardan biri mendan: «Muso (a.s.) ikki
muddatdan qaysi birini o‘taganlar?» - deb savol qildi. Men unga: «Bilmayman, arab olimlarining biridanso‘rab,
keyin aytaman» - dedim. Keyin Ibn Abbosning huzurlariga kelib, u kishiga shu savolni berdim. Ibn Abbos (r.a.)
dedilar: «Muso (a.s.) ikki muddatdan ko‘prog‘ini va yaxshirog‘ini bajarganlar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham
aytgan gaplarini albatta bajarardilar».
Mujohid aytadi: «Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Muso qaysi muddatni o‘taganligi haqida Jabroildan so‘radilar.
Jabroil Mekoildan, Mekoil esa Alloh taolodan so‘radilar. Alloh taolo: «Muso ikki muddatdan eng yaxshisini va
mukammalini ado etgan» - dedi.
Abu Zarr aytadilar: «Rasululloh (s.a.v.)dan Muso (a.s.) ikki muddatdan qaysi birini o‘taganligi haqida so‘raldi.
Rasululloh (s.a.v.): «Ikki muddatning eng yaxshisini va mukammalini o‘tagan» - dedilar. Keyin: «Agar mendan: