Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


«Muso ikki qizdan qaysi biriga uylangan?» - deb so‘ralsa, Men albatta: «Ikki qizning kichigiga uylangan» - deb



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə188/270
tarix16.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98904
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   270
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

«Muso ikki qizdan qaysi biriga uylangan?» - deb so‘ralsa, Men albatta: «Ikki qizning kichigiga uylangan» - deb 
javob berardim» 
- dedilar. (O’sha manba, 231-232-bet.)
Muso (a.s.) va’dalariga vafo qilib, o‘n yil xizmat qilganlaridan keyin, Shuayb (a.s.) ham va’dalari bo‘yicha 
kichik qizlari Safurani Muso (a.s.)ga nikohlab qo‘ydilar. 
Ataba ibn al-Munzir rivoyat qiladiki, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar: «Muso (a.s.) nomusini saqlash va 
qornini to‘ydirish uchun o‘zini ijaraga qo‘ydi. Shartnomada ko‘rsatilgan ikki muddatdan yaxshisini va 
mukammalini ado qildi. Shu’ayb bilan xayrlashish vaqti kelganda, xotiniga: «Otangdan so‘ragin, qo‘ylaridan 
bizga ham tirikchiligimizga yetadigan darajada bersin!» - dedi. Shu’ayb ularga, shu yilgi tug‘iladigan 


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
95
qo‘zilarning onasidan boshqa ranglisini hadya qildi. Muso (a.s.) qo‘ylarning barchasini ikki qismga bo‘lib, kichik 
bir hovuz yoniga qo‘ydilar-da, o‘zlari hovuzning bir chekkasida turib, yonlaridan o‘tgan qo‘yning qorniga cho‘p 
bilan turtib qo‘ya boshladilar. Natijada tug‘ilgan barcha qo‘zilar onasining rangidan boshqa rangda tug‘ildi... 
Rasululloh (s.a.v.) aytadilarki: «Agar Shomni fath etsalaringiz, mana shu qo‘ylarning qolgan-qutganini 
ko‘rasizlar. Ular «As-Somiriyya» deb nomlanuvchi qo‘ylardir».
 (O’sha manba, 232-bet.) 
Muso (a.s.) o‘z xotinlari bilan Madyanda shirin hayot kechirar ekanlar, Misrda qolgan qarindosh-urug‘lari, 
oila a’zolarini, yaqinlarini juda sog‘inar edilar. Kundan-kun ziyoda bo‘lgan sog‘inch Muso (a.s.)ni Misr tarafga 
safar qilishga undadi. 
Muso (a.s.) xotinlari Safurani, ikki o‘g‘illarini va qaynotalari bergan qo‘ylarini olib, Misrga qaytayotganlarida 
Tur tog‘i yaqinida, ittofoqo kecha juda qorong‘u, havo esa juda sovuq edi. O’t yoqishga imkoniyat yo‘q, yo‘l 
yurishga esa hech narsani ko‘rib bo‘lmasdi. Ochiq va yalanglikda, tog‘ yonbag‘rida to‘xtab qolishgan edi. 
Shu payt uzoqdan – Tur tog‘ining ustidan yongan olov ko‘rindi. Muso (a.s.) hamrohlariga: «Sizlar shu yerda 
turinglar, men olov ko‘ringan tarafga borib, biror xabar olib kelaman» - dedilar. 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin