Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə180/270
tarix16.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98904
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   270
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

 
 
Fir’avnning jallodlari qilichlarini o‘tkirlab, malika Osiya huzuriga keldilar va Fir’avnning buyrug‘i tufayli 
daryodan topib olingan chaqaloqni qatl etmoqchi ekanliklarini aytishdi. Osiya ularga: «Shoshilmanglar, bu bitta 
chaqaloq yashagani bilan bani Isroil qavmi ko‘payib ketmaydi. Men o‘zim Fir’avnning oldiga borib, undan shu 
bolaga omonlik so‘rayman, agar omonlik bersa, sizlar menga ko‘p yaxshilik qilgan bo‘lasizlar, agar o‘limga 
buyursa, meni sizlarga hech qanday ginam qolmaydi» - dedi va darhol turib, Fir’avnning huzuriga bordi. Unga 
chaqaloqni ko‘rsatib: «(Bu bola) men uchun ham, sen uchun ham ko‘z quvonchidir. Uni o‘ldirmanglar. 
Shoyadki, uning bizlarga nafi tegsa yoki uni farzand qilib olsak» - dedi. 
Fir’avn xotiniga: «Sening ko‘zing quvonayotgan bo‘lsa, olaqol, ammo mening bu bolaga hojatim yo‘q!» - 
dedi. 
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday dedilar: «Alloh nomiga qasamki, agar Fir’avnning ko‘zi ham xotini 
Osiyaning ko‘zidek quvonganda, Alloh taolo Osiyani hidoyat qilganidek, uni ham hidoyat qilgan bo‘lardi. Lekin 
Alloh taolo Fir’avnni hidoyatdan mahrum etdi». 
Allohning irodasi bilan Musoni emizishlik uchun saroyga emizuvchi ayollar taklif etildilar. Muso boshqa 
onalarni emmadi. 
 ُﻪَﻟ ْﻢُهَو ْﻢُﻜَﻟ ُﻪَﻧﻮُﻠُﻔْﻜَﻳ ٍﺖْﻴَﺑ ِﻞْهَأ ﻰَﻠَﻋ ْﻢُﻜﱡﻟُدَأ ْﻞَه ْﺖَﻟﺎَﻘَﻓ ُﻞْﺒَﻗ ْﻦِﻣ َﻊِﺿاَﺮَﻤْﻟا ِﻪْﻴَﻠَﻋ ﺎَﻨْﻣﱠﺮَﺣَو
 َنﻮُﺤِﺻﺎَﻧ
)
١٢
(
 
«Biz oldindan Musoga barcha emizuvchi ayollarni taqiqladik (u hech bir ayolni emmadi), shunda (uning opasi 
kelib): «Men sizlarga unga kafil bo‘lib (emizadigan) va unga xolis (tarbiya beradigan) bir oilani ko‘rsataymi?» - dedi. 
(O’sha sura, 12.)
 
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Musoning opasi Fir’avn qavmiga bolani emizadigan va uni mehribonlik bilan 
tarbiyalaydigan ayolga dalolat qilishini aytganda, ular: «Sen u ayolni bu bolaga yaxshi tarbiya berishini va 
mehribonlik qilishini qaerdan bilasan?» - deb so‘raganlarida, Musoning opasi hech ikkilanmasdan: «Men bu 
ishni podshohimizning xursandliklari va u kishiga biroz bo‘lsa ham foydam tegishi uchun qilyapman» - dedi. 
Fir’avn a’yonlari uni qo‘yib yuborishdi. Musoning opasi borib, onasi Yukobidni olib keldi. Muso esa o‘z onasini 
to‘yib emdi va tinchlandi. Bundan gumonsiragan Homon: «Sen kimsan va nima uchun ayni seni qo‘lingda 
go‘dak orom topdi», - deb savolga tutdi. Yukobid: «Men pokiza ayolman, mendan xushbo‘y hid keladi, shuning 
uchun chaqaloq meni tanlagan bo‘lsa kerak», - deb javob berdi. 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin