xavotirlanayotgan narsani ko‘rsatib qo‘yishni istaymiz». (Qasos, 3-6. Fir’avn va uning vaziri Homonniig xavotiri mol-mulk va davlat Baniy Isroil qavmiga o‘tib ketish xavfi edi. Baniy Isroil qavmi o‘zaro suhbatlarda ulardan bir bola chiqib, shu bolaning qo‘li bilan Misr mulki qibtiylar qo‘lidan ketib ularga o‘tishini qayta-qayta takrorlardilar.) Bir kuni Misr kohinlaridan biri Fir’avnga: «Bani Isroildan bir bola dunyoga keladi, sening davlatingni va
saltanatingni qo‘lingdan tortib oladi», - deb bashorat beradi. Bundan g‘azablangan va dahshatga tushgan
Fir’avn bani Isroil qavmida dunyoga kelgan barcha o‘g‘il chaqaloqlarni qilichdan o‘tkaza boshlaydi.
Ibn Abbos, Ibn Mas’ud va boshqa mashhur sahobalardan rivoyat qilinishicha, Fir’avn bir kecha tush ko‘rdi.
Tushida Baytil-maqdisdan chiqib kelgan bir olov Misrning barcha uylarini va Qibt qabilasini kuydirdi. Ammo
baniy Isroilga hech qanday zarar yetkazmadi. Fir’avn ko‘rgan tushidan vahimaga tushib, kohinlari, sohirlari va
tush ta’birchilarini saroyiga chaqirtirdi va ulardan ko‘rgan tushining ta’birini so‘radi. Yig‘ilganlar dedilar: «Anovilar (Bani Isroil qavmiga ishora. Qibtiylar Fir’avn huzurida ularning nomini tilga olishga ham qo‘rqdilar) dan bir bola tug‘iladi va Misrning halokati uning sababi bilan bo‘ladi» - dedilar. Bundan dahshatga tushgan
Fir’avn Baniy Isroil qavmida tug‘iladigan har bir o‘g‘il go‘dakni o‘ldirishga buyurdi». ( Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 222-bet.) Mufassirlarning ko‘pchiligi shunday fikr bildiradilar: «Fir’avn Baniy Isroil qavmida tug‘ilgan chaqaloqlarni qirib
tashlagandan keyin, qibtiylar o‘zlariga o‘g‘il xizmatkorlar kamayib ketayotganidan shikoyat qildilar. Ularning iltimosiga
muvofiq Fir’avn chaqaloqlarni bir yil o‘ldirish, bir yil tirik qo‘yishga farmon chiqardi. Shuning uchun Horun (a.s.)
chaqaloqlar o‘ldirilmagan yilda tug‘ildilar. Muso (a.s.) esa, o‘ldirishga buyurilgan yilda dunyoga keldilar. Chaqaloqning
halok etilishi xavfidan ona dahshatga tushdi. Ammo, Alloh taolo o‘zining taqdirini amalga oshirishni iroda etgan edi.
Shuning uchun Musoni saqlashni ham o‘z himoyasiga oldi. Musoning onasi Yukobidga vahiy yuborib, Musoni bir
sandiqqa solib, uni Nil daryosiga qo‘yishni va bir uchidan arqon bilan tortib, qirg‘oqqa bog‘lab qo‘yishni buyurdi. Qachon
bolani emizish kerak bo‘lsa, uni sandiqdan olardi, emizardi, o‘z qo‘lida saqlardi. Biror xavfni sezsa, darhol uni daryodagi
sandiqqa berkitardi». (O’sha manba, 223-224-bet.) Shunday ayanchli kunda Ya’qub (a.s.)ning uchinchi farzandlari Lovoning nabirasi bo‘lmish Imronning
xonadonida o‘g‘il farzand tug‘ildi. Uning onasi (Yukobid) chaqalog‘ini yomon ko‘zdan yashirishga muvaffaq
bo‘ldi va bir necha kun emizib ulg‘aytirdi. Keyin ilohiy buyruqqa binoan chaqaloqni sandiqqa solib, Nil
daryosiga oqizdi.