Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


Elchilar aytdilar: «Robbimiz bilurki, bizlar, albatta, sizlarga yuborilgan elchilardirmiz! Bizlarning zimmamizda



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/270
tarix16.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98904
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   270
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

Elchilar aytdilar: «Robbimiz bilurki, bizlar, albatta, sizlarga yuborilgan elchilardirmiz! Bizlarning zimmamizda 
faqat Allohning vahiysini sizlarga aniq yetkazishgina bordir. Ular dedilar: «Bizlar sizlardan shumlanmoqdamiz. 
Qasamki, agar da’vatlaringizni to‘xtatmasangizlar, sizlarni albatta, toshbo‘ron qilurmiz va sizlarga biz tomondan 
alamli azob yetar». Elchilar aytdilar: «Shumlanishingiz o‘zlaringiz bilandir. Sizlarga nasihat qilinsa 
shumlanasizlarmi?! Yo‘q, sizlar haddan oshgan qavmdirsiz!» Shu payt bir kishi (Bu taklifni xaloyiqqa aytgan kishi 
Habib ismli bir xudojo‘y duradgor edi)
 shaharning ichkarisidan shoshganicha kelib, dedi: «Ey qavmim, bu elchilarga 
ergashinglar! O’zlari hidoyatda bo‘lgan va sizlardan haq so‘ramaydigan zotlarga ergashinglar!» U yana aytdi: 
«Nega men o‘zimni yaratgan Zotga ibodat qilmayin? Sizlar ham Ungagina qaytarilursizlar. Men Undan o‘zgalarni 
iloh qilib olaymi? Holbuki, agar Rahmon menga biror zarar yetkazishni istasa, u (iloh)larning shafoatlari menga 
biror foyda bera olmas va ular meni azobdan qutqara olmaslar. U holda men, albatta, aniq zalolatda bo‘lurman-
ku! Haqiqatan, men Rabbingizga imon keltirganman, meni eshitib qo‘yingiz!» (So‘zlariga boqmay uni qatl qilishgach, 
unga) «Jannatga kir», - deyildi. (U joydagi noz-ne’mat va izzat-ikromni ko‘rgach), u aytdi: «Qani edi qavmim bilsalar 
Robbimning meni mag‘firat etganini va meni mukarram kishilardan qilganini». Biz undan (Habib an-Najjor qatlidan) 
keyin uning qavmi ustiga osmondan biror qo‘shin (azob farishtalarini) tushirmadik. Biz (shoshilinch) tushiruvchi 
bo‘lmadik. Faqat birgina dahshatli qichqiriq bo‘ldi-yu, birdaniga ular «o‘chib» qoldilar». (Yosin, 13-29.)
 

Avvalgi ulamolardan Ibn Abbos, Ka’bul-Ahbor va Vahb ibn Munabbahdan, keyingi ulamolardan Burayda ibn 
al-Xasib, Ikrima, Qatoda, az-Zuhriy va boshqalardan qilingan rivoyatlarga qaraganda mazkur qavm yashagan 
qishloqning nomi «Antokiya»dir.
Ibn Ishoq nomlari zikr etilgan avvalgi ulamolardan yana shuni ham rivoyat qilganki, mazkur qavmning Antixus ibn 
Antixus ismli podshohlari bo‘lib, ular sanamlarga sig‘inardilar. Alloh taolo ularga Sodiq, Masduq va Shalum ismli uch 
payg‘ambarni yubordi. Qavm esa payg‘ambarlarning da’vatiga quloq tutmadilar, ularni yolg‘onchi qildilar. (Ibn Kasir. 
Qisasul-anbiyo. Qohira. 212-bet.)
Qatodaning taxmin qilishicha, Antokiya xalqiga yuborilgan uch payg‘ambarning ismlari Sham’un, Yo‘hanno 
va Pavlus bo‘lib, ular Iso (a.s.)ning elchilari edilar.
Qatodaning fikri noto‘g‘ri, chunki tarixda Antokiya shahri Iso Masih dinlarini qabul qilgan birinchi shahardir. Shuning uchun 
ham mazkur shahar dunyoda eng katta bo‘lgan to‘rt patriarxiya – Antokiya, Quddus, Iskandariya va Rumiyaning bittasi 
hisoblanadi. Qustantiniya esa beshinchi o‘rindadir. Qur’onda zikr etilgan qavm esa, payg‘ambarni tan olmagani uchun 
halokatga uchragan. (Ibn Kasir. Qisasul anbiyo. Qohira. 213-bet.)
Lekin ikki rivoyatni quyidagicha jamlash mumkin. Ya’ni Antokiya qavmiga qadimda ham mazkur uch payg‘ambar – 
Sodiq, Masduq va Shalum ismli payg‘ambarlar yuborilgan. Ular inkor etilgach, qavmni Alloh taolo halokatga uchratgan. 
Oradan uzoq yillar o‘tgandan keyin, Iso Masih davrida ham shu shahar aholisiga yana uch havoriy-Sham’un, Yuhanno va 
Pavlus Iso payg‘ambar tomonidan da’vat uchun yuborilgan. Qavm ularni yaxshi kutib olishib, Iso (a.s.) shariatlarini qabul 
etishgan. Ammo bu fikr tarixiy nuqtai nazardan ancha uzoq, chunki, Antokiya tarixida hech qachon, Iso (a.s.)ning davrida 
ham, undan oldin ham biror qavm ommaviy halokatga uchramagan. (Muxtasari tafsiri Ibn Kasir. 3-j. 121-bet.)
Qur’onda qissa qilingan uch payg‘ambarning Iso Masih havoriylari emasligiga uch dalil bor. Birinchisi shuki, 
oyatda xabar berilgan payg‘ambarlarni Alloh tomonidan yuborilganiga «O’shanda Biz ularga ikkita elchini 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin