www.ziyouz.com kutubxonasi
87
Abu Bakr Muhammad ibn Al-Hasan an-Naqqoshning rivoyatiga qaraganda, Ashobur-Rassi qavmining bir
qudug‘i bo‘lib, qavm undan ichishar va yerlarini sug‘orishda ham foydalanishar edi. Qavmning bir chiroyli,
odobli, adolatli podshohlari bor bo‘lib, qavm undan juda faxrlanishardi.
Taqdirning taqozosi bilan podshoh olamdan o‘tdi. Qavm bu judolikka chidamay, qattiq motam va iztirobda
bo‘ldilar. Bir necha kun o‘tgandan so‘ng, Iblis alayhil-la’na marhum podshohning suratiga kirib, qavm huzuriga
keldi va: «Men o‘lmagan edim. Sizlarni sinab ko‘rish uchun bir necha kun g‘oyib bo‘ldim, xolos» - dedi. Qavm
podshohlarining «o‘lmaganidan» juda xursand bo‘ldilar.
Iblis ularni: «Men bilan orangizga parda tutib qo‘yinglar. Endi men abadiy o‘lmayman!» - deb aldadi. Qavm
esa bu aldovga uchib, «abadiy o‘lmaydigan podshoh»ga sig‘ina boshladilar.
Alloh taolo ularga Hanzala ibn Safvonni payg‘ambar qilib yubordi. U, parda orqasida o‘tirgan va qavmni
o‘ziga ibodat qilishga chorlagan odam qiyofasidagi Iblis ekanligini, unga emas, balki yolg‘iz Allohga ibodat
qilish lozimligini aytib, qavmni imonga da’vat qildi.
Kofir qavm esa Allohning payg‘ambariga itoat etish, Iblisdan yuz o‘girish o‘rniga, payg‘ambarga dushmanlik
qildilar va uni o‘ldirib, quduqqa tashladilar.
Ana shundan so‘ng, ularni sug‘orib, bog‘larini yashnatib turgan quduq suvi to‘xtadi, suvsizlikdan bog‘lar, ekinlar quridi
va nihoyat odamlar ham tashnalikdan xarob bo‘ldilar. Obod shahar vayron bo‘lib, odamlar o‘rnini jinlar va vahshiy
hayvonlar egalladi. Insonlarning shodlik qichqiriqlari o‘rnini vahshiy hayvonlarning o‘kirishlari qopladi. (Ibn Kasir. Qisasul- anbiyo. Qohira, 211-bet.) Ibn Jarir at-Tabariy Ibn Ishoq orqali Muhammad ibn al-Quraziydan shunday hadis rivoyat qilgan:
«Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar: «Qiyomat kuni jannatga birinchi kiradigan odam qora quldir». Buning sababi shuki, Alloh taolo bir qishloqdagi qavmga payg‘ambar yubordi. Qavm payg‘ambarga
unamay, bo‘yin tovladilar. Illo bir qora qul Allohning payg‘ambarini haq bilib, unga imon keltirdi. Qavm esa
payg‘ambarning oyoq-qo‘lini bog‘lab, quduqqa tashladilar va ustiga hech kim ko‘tara olmaydigan og‘ir toshni
qo‘yib bekitib tashladilar. Qulay fursatni topib, qora qul quduq boshiga keldi va ko‘p mashaqqatlar bilan toshni
surib, payg‘ambarning ustini ochdi, unga suv va taom berdi. Shu tariqa har kuni qora qul o‘tin terib sotib, uning
puliga taom sotib olib kelib, payg‘ambarning holidan xabar olib turdi. Bir kun yana o‘tin terib kelish uchun
dalaga chiqdi. O’tinni yelkasiga ko‘tarib jo‘nashdan avval biroz dam olmoqchi bo‘ldi va yerga uzala tushib yotdi.
Alloh taolo u qora qulni uxlatib qo‘ydi va shu yotganicha yetti yil yotdi. Uyqudan uyg‘onib ikkinchi yonboshiga
o‘girildi va yana yetti yil shu yotganicha uxlab qoldi. O’n to‘rt yildan keyin o‘rnidan turib, o‘zini biroz uxlab dam
olgan hisoblab, o‘tinni bozorga olib borib sotdi va odaticha payg‘ambarga yeyish uchun taom sotib oldi.
Taomni ko‘tarib quduq yoniga keldi, lekin u quduqdan payg‘ambarni topa olmadi. Chunki, qora qul uxlab
yotgan vaqtda qavmga Alloh insof berib, qilmishlariga afsus chekib, tavba qilish uchun payg‘ambarning yoniga
borgan va uni quduqdan chiqarib, uzr-ma’zur aytishib, imonga kelgan edilar.
Payg‘ambar darhol qora qulni so‘radilar. Lekin qavm uni topa olishmadi. Qora qul uyqudan uyg‘onganda
esa, Alloh taolo payg‘ambarning ruhini qabz qilgan edi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.):