Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
98
yolg‘onchi qilishlaridan qo‘rqaman. Dilim tang bo‘lur, tilim esa burro emas. Bas, (birodarim)
Horunga
ham (payg‘ambarlik)
yuborgin! Yana ular nazdida mening gunohim bor. Bas, meni o‘ldirib
qo‘yishlaridan qo‘rqaman». Alloh aytdi: «Yo‘q (o‘ldira olmaslar)
! Bas, (Horun bilan)
mo‘‘jizalarimizni olib
boringlar! Albatta, Biz sizlar bilan birga (savol-javoblaringizni)
tinglab turuvchidirmiz. Bas, ikkovingiz
Fir’avnga borib aytinglar: «Haqiqatan, biz olamlar Parvardigorining elchilarimiz. Isroil avlodini bizga
qo‘shib (o‘z yurtlari – Falastinga)
jo‘natgin! Fir’avn Musoga dedi: «Biz seni bolalik chog‘ingda o‘z
ichimizda tarbiyalamaganmidik, umringning bir necha yilida oramizda turgan eding-ku! Keyin
noshukrlardan bo‘lib qilgan ishingni qilgan eding-ku!». (Shuaro, 10-19.)
Alloh taolo Muso (a.s.) va Horun (a.s.)ni Fir’avnning huzuriga yuborar ekan, uning va qavmining huzurida
qo‘pollik qilmasdan, o‘zlarini odob doirasida saqlashni, imkonlarining boricha muloyimlik bilan da’vat qilishni,
Fir’avn xudolik da’vosini qilib, adashayotganini, u Allohning oddiy bandalaridan biri ekanligini, u o‘ziga noloyiq
da’vo sababli, uning qavmi esa unga ergashganligi sababli zalolatda ekanligini aytib, zarur bo‘lganda mo‘‘jiza
ko‘rsatish bilan o‘zlarining haq payg‘ambarliklarini isbotlashni buyurdi. Shu bilan birga ularning zimmasiga
Fir’avndan Isroil avlodiga o‘z yerlari – Falastinga chiqib ketishga ijozat berishini talab qilishni ham yukladi:
Dostları ilə paylaş: