( ِﺮْﺷَأَو يِﺮْﻣَأ ﻲِﻓ ُﻪْآ ) ٣٢ ( َﻚَﺤِّﺒَﺴُﻧ ْﻲَآ اًﺮﻴِﺜَآ ) ٣٣ ( اًﺮﻴِﺜَآ َكَﺮُآْﺬَﻧَو ) ٣٤ ( اًﺮﻴِﺼَﺑ ﺎَﻨِﺑ َﺖْﻨُآ َﻚﱠﻧِإ ) ٣٥ ( ﺎَﻳ َﻚَﻟْﺆُﺳ َﺖﻴِﺗوُأ ْﺪَﻗ َلﺎَﻗ ﻰَﺳﻮُﻣ ) ٣٦ ( «Endi Fir’avnning huzuriga bor! Haqiqatan, u haddan oshdi («Xudoman» deb da’vo qildi). Muso dedi: «Ey, Robbim, bag‘rimni keng qilgin, ishimni oson qilgin, tilimdan tugunni(Muso alayhissalomni chaqaloqlik paytlarida Fir’avn saroyidagilar juda yaxshi ko‘rishardi. Fir’avnning o‘zi ham Musoni qo‘lida ko‘tarib, o‘tirganda tizzasida olib o‘tirardi. Bir kuni Muso Fir’avnning soqoliga chang solib, yulib oldi. Bundan g‘azablangan Fir’avn chaqaloqni o‘limga buyurdi. Osiya Musoni himoya qilib, uning aqlsiz go‘dakligiga ishora qildi va eriga: “Bu chaqaloq tilla bilan cho‘g‘ning farqiga yetmaydi-yu, sizga dushmanlik qilarmidi?!” – deb, gapining isboti uchun uning oldiga bir tovoq oltin va bir tovoq cho‘g‘ni keltirishdi. Muso qo‘lini oltinga cho‘zganda, Jabroil farishta kelib, cho‘g‘ga to‘g‘irlab qo‘ydilar. Muso cho‘g‘ni ushladi, qo‘li kuyib darhol uni og‘ziga olib borganda, qo‘liga ilashib chiqqan cho‘g‘ Musoning tilini kuydirdi. Shundan so‘ng Musoning tili duduq bo‘lib qolgan edi. Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. 236-bet) (duduqlikni) yechib yuborgin, toki ular (qavmim) gapimni anglasinlar. Menga o‘z ahlimdan vazir qilgin, ya’ni birodarim Horunni. U bilan belimni baquvvat qilgin. Va uni ishimda (ya’ni payg‘ambarlik ishida) sherik qilgin. Toki, biz Senga ko‘proq tasbeh aytaylik, va Seni ko‘proq yod etaylik. Albatta, Sen bizni ko‘ruvchi zotsan. Alloh dedi: «So‘ragan