qavmiga olib boradigan to‘qqiz mo‘‘jiza ichidadir. Darhaqiqat, ular itoatsiz qavm bo‘ldilar».(Naml, 12.) Alloh taolo avvalgi ikki sura – «Qasos» va «Toha»da aytilgan qo‘l va aso mo‘‘jizalarini va «Naml»da aytilgan
yana yettita mo‘‘jizani birga qo‘shib, «Subhon» surasida to‘qqiz mo‘‘jiza haqida bayon etadi:
ﻲِّﻧِإ ُنْﻮَﻋْﺮِﻓ ُﻪَﻟ َلﺎَﻘَﻓ ْﻢُهَءﺎَﺟ ْذِإ َﻞﻴِﺋاَﺮْﺳِإ ﻲِﻨَﺑ ْلَﺄْﺳﺎَﻓ ٍتﺎَﻨِّﻴَﺑ ٍتﺎَﻳﺁ َﻊْﺴِﺗ ﻰَﺳﻮُﻣ ﺎَﻨْﻴَﺗﺁ ْﺪَﻘَﻟَو اًرﻮُﺤْﺴَﻣ ﻰَﺳﻮُﻣ ﺎَﻳ َﻚﱡﻨُﻇﻷ ) ١٠١ ( ِتاَوﺎَﻤﱠﺴﻟا ﱡبَر ﻻِإ ِءﻻُﺆَه َلَﺰْﻧَأ ﺎَﻣ َﺖْﻤِﻠَﻋ ْﺪَﻘَﻟ َلﺎَﻗ ِّﻧِإَو َﺮِﺋﺎَﺼَﺑ ِضْرﻷاَو اًرﻮُﺒْﺜَﻣ ُنْﻮَﻋْﺮِﻓ ﺎَﻳ َﻚﱡﻨُﻇﻷ ﻲ ) ١٠٢ ( «Biz Musoga to‘qqizta aniq mo‘‘jiza ato etdik. (Muso (a.s.)ga ato etilgan to‘qqiz mo‘‘jiza borasida har-xil rivoyatlar mavjud. Bir rivoyatda ular – Muso qo‘lining yog‘dusi, aso, to‘fon, chigirtka, bit-burga, qurbaqalar, qon, tosh suvi, Tur tog‘i deyilsa, boshqasida qahatchilik va mevasizlik deyiladi. Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. 292- bet.) So‘ng u Fir’avn huzuriga kelgan paytida, (unga): «Isroil avlodlarini (o‘z yurtlari – Shomga qo‘yib yuborishni,
Fir’avndan) so‘ragin!» - (deb buyurdik). Shunga Fir’avn unga: «Ey Muso, haqiqatan, men seni sehrlangan, deb o‘ylamoqdaman» - dedi. (Muso) dedi: «(Ey Fir’avn,) sen anavi mo‘‘jizalarni faqat osmonlar va Yerning Parvardigori hujjat qilib nozil qilganini aniq bilursan. Hech shubha yo‘qki, ey, Fir’avn, men seni halok qilinuvchi deb bilurman».(Al-Isro, 101-102.) Bu to‘qqiz mo‘‘jizaning yettitasi «A’rof» surasida birma-bir sanab beriladi:
َﻦِﻣ ٍﺺْﻘَﻧَو َﻦﻴِﻨِّﺴﻟﺎِﺑ َنْﻮَﻋْﺮِﻓ َلﺁ ﺎَﻧْﺬَﺧَأ ْﺪَﻘَﻟَو