«Albatta! - dedi u, - Sizlar menga yaqinlardan bo‘lursizlar». (A’rof, 113-114.) ﻰَﻠْﻌَﺘْﺳا ِﻦَﻣ َمْﻮَﻴْﻟا َﺢَﻠْﻓَأ ْﺪَﻗَو ﺎًّﻔَﺻ اﻮُﺘْﺋا ﱠﻢُﺛ ْﻢُآَﺪْﻴَآ اﻮُﻌِﻤْﺟَﺄَﻓ ) ٦٤ ( ْنَأ ﺎﱠﻣِإ ﻰَﺳﻮُﻣ ﺎَﻳ اﻮُﻟﺎَﻗ ﻰَﻘْﻟَأ ْﻦَﻣ َلﱠوَأ َنﻮُﻜَﻧ ْنَأ ﺎﱠﻣِإَو َﻲِﻘْﻠُﺗ ) ٦٥ ( َلﺎَﻗ ِﻪْﻴَﻟِإ ُﻞﱠﻴَﺨُﻳ ْﻢُﻬﱡﻴِﺼِﻋَو ْﻢُﻬُﻟﺎَﺒِﺣ اَذِﺈَﻓ اﻮُﻘْﻟَأ ْﻞَﺑ ﻰَﻌْﺴَﺗ ﺎَﻬﱠﻧَأ ْﻢِهِﺮْﺤِﺳ ْﻦِﻣ ) ٦٦ ( «(Sehrgarlar bir-birlariga shivirlashib dedilar): «Bas, makr-hiylangizni yig‘ingiz, so‘ng saf tortib kelingiz. Bugun ustun bo‘lganlar iqbolli bo‘lurlar». (Maslahatlari bitgach), dedilar: «Ey Muso, sen (qo‘lingdagi
asoyingni) tashlaysanmi yoki bizlar birinchi tashlovchi bo‘laylikmi?». (Muso) dedi: «Yo‘q, sizlar tashlanglar!». (Toha, 64-66.) Sehrgarlar yerga tashlagan ip va tayoqlar qo‘rqinchli ilonlarga aylanib, hamma yoq to‘lib ketdi. Hatto Muso
(a.s.) ham ularni ko‘rib qo‘rqib ketdilar. Ammo Alloh taolo buyurdi:
ﻰَﻠْﻋﻷا َﺖْﻧَأ َﻚﱠﻧِإ ْﻒَﺨَﺗ ﻻ ﺎَﻨْﻠُﻗ ) ٦٨ ( ُﺪْﻴَآ اﻮُﻌَﻨَﺻ ﺎَﻤﱠﻧِإ اﻮُﻌَﻨَﺻ ﺎَﻣ ْﻒَﻘْﻠَﺗ َﻚِﻨﻴِﻤَﻳ ﻲِﻓ ﺎَﻣ ِﻖْﻟَأَو ﻰَﺗَأ ُﺚْﻴَﺣ ُﺮِﺣﺎﱠﺴﻟا ُﺢِﻠْﻔُﻳ ﻻَو ٍﺮِﺣﺎَﺳ ) ٦٩ ( «Biz aytdik: «Qo‘rqmagin! Albatta, sen o‘zing oliy (g‘olib)dirsan. Qo‘lingdagi narsani (asoyingni) tashlagin, ular yasagan narsalarni yutib yuborur. Ularning yasagani faqat bir sehrgarning makridir. Sehrgar esa, qaerda bo‘lmasin zafar topmas».(O’sha sura, 68-69.) Shu on Muso (a.s.) yerga tashlagan asolari katta ajdarhoga aylanib, sehrgarlar paydo qilgan ilonlarni bitta
qo‘ymay yutib yubordi.