َﻚَﺘَﻬِﻟﺁَو َكَرَﺬَﻳَو ِضْرﻷا ﻲِﻓ اوُﺪِﺴْﻔُﻴِﻟ ُﻪَﻣْﻮَﻗَو ﻰَﺳﻮُﻣ ُرَﺬَﺗَأ َنْﻮَﻋْﺮِﻓ ِمْﻮَﻗ ْﻦِﻣ ﻸَﻤْﻟا َلﺎَﻗَو َنوُﺮِهﺎَﻗ ْﻢُﻬَﻗْﻮَﻓ ﺎﱠﻧِإَو ْﻢُهَءﺎَﺴِﻧ ﻲِﻴْﺤَﺘْﺴَﻧَو ْﻢُهَءﺎَﻨْﺑَأ ُﻞِّﺘَﻘُﻨَﺳ َلﺎَﻗ ) ١٢٧ ( «(Ey Fir’avn), Muso va uning qavmini Yer (yuzi)da buzg‘unchilik qilishiga hamda seni va ilohlaringni (tan olmay) tark etishiga qo‘yib berasanmi?» (Fir’avn) dedi: «Ularning o‘g‘illarini (qatli om qilib) qirib tashlab, xotinlarini tirik qoldiramiz va biz ular ustidan g‘olibdirmiz!». (A’rof, 127.) Haddidan oshgan va zulm-tajovuzkorlikka mukkasidan ketgan Fir’avn va uning qavmi bani Isroil o‘rtasida
ikkinchi bor qatag‘onni boshlab yubordi. Natijada ko‘plab yigitlar qirib tashlandi. Fir’avnning bunday
zulmkorligidan sabr kosasi to‘lgan Isroil avlodlarini Muso (a.s.) sabr-bardoshga chaqirdilar:
ق ِﻩِدﺎَﺒِﻋ ْﻦِﻣ ُءﺎَﺸَﻳ ْﻦَﻣ ﺎَﻬُﺛِرﻮُﻳ ِﻪﱠﻠِﻟ َضْرﻷا ﱠنِإ اوُﺮِﺒْﺻاَو ِﻪﱠﻠﻟﺎِﺑ اﻮُﻨﻴِﻌَﺘْﺳا ِﻪِﻣْﻮَﻘِﻟ ﻰَﺳﻮُﻣ َلاَ َﻦﻴِﻘﱠﺘُﻤْﻠِﻟ ُﺔَﺒِﻗﺎَﻌْﻟاَو ) ١٢٨ ( “Muso (o‘z) qavmiga aytdi: «Allohdan madad so‘rangiz va sabrli bo‘lingiz! Yer Allohnikidir! Uni (O’zi)
xohlagan bandalariga meros qilib berur. Oqibat (yaxshiliklari) esa taqvodorlarga tegishlidir”. (O’sha sura, 128.) Bani Isroil Muso (a.s.)ga imon keltirgan bo‘lsalar-da, Fir’avnning zulmidan o‘ta zerikkanlari uchun,
payg‘ambarga nolib shikoyat qildilar. Ular, Muso tug‘ilmasdan oldin ham, hozir ham faqat uning sababidan
ozor chekayotganlarini, ikki bor qatli omga duchor bo‘lganlarini minnat qildilar.
ْﻢُآﱠوُﺪَﻋ َﻚِﻠْﻬُﻳ ْنَأ ْﻢُﻜﱡﺑَر ﻰَﺴَﻋ َلﺎَﻗ ﺎَﻨَﺘْﺌِﺟ ﺎَﻣ ِﺪْﻌَﺑ ْﻦِﻣَو ﺎَﻨَﻴِﺗْﺄَﺗ ْنَأ ِﻞْﺒَﻗ ْﻦِﻣ ﺎَﻨﻳِذوُأ اﻮُﻟﺎَﻗ َنﻮُﻠَﻤْﻌَﺗ َﻒْﻴَآ َﺮُﻈْﻨَﻴَﻓ ِضْرﻷا ﻲِﻓ ْﻢُﻜَﻔِﻠْﺨَﺘْﺴَﻳَو