kattangizdir. Bas, endi (men), albatta, oyoq-qo‘llarin gizni qarama-qarshisiga (o‘ng qo‘l, chap oyog‘ingizni yoki
aksincha) kesurman va sizlarni xurmo shoxlariga osurman, (o‘shanda) qaysimizning (ya’ni, meningmi yoki Musoning
xudosi) azobi qattiqroq va boqiyroq ekanini bilib olursiz». (Toha, 71.)
Said ibn Jubayr, Ikrima, Qosim ibn Abi Burda va al-Avzo‘iylarning aytishlaricha, sehrgarlar imon keltirib yerga sajda
qilgan onda, ularga jannatda tayyorlab qo‘yilgan ulug‘ maqomlar, bog‘lar va qasrlar ko‘rsatilgan. (Ibn Kasir. Qisasul-
anbiyo. Qohira. 245-bet.)
Shu sababli ular Fir’avnning tahdididan qo‘rqmadilar va e’tibor ham bermagan holda dedilar:
َﺮْﻴَﺿ ﻻ اﻮُﻟﺎَﻗ
َنﻮُﺒِﻠَﻘْﻨُﻣ ﺎَﻨِّﺑَر ﻰَﻟِإ ﺎﱠﻧِإ
)
٥٠
(
َلﱠوَأ ﺎﱠﻨُآ ْنَأ ﺎَﻧﺎَﻳﺎَﻄَﺧ ﺎَﻨﱡﺑَر ﺎَﻨَﻟ َﺮِﻔْﻐَﻳ ْنَأ ُﻊَﻤْﻄَﻧ ﺎﱠﻧِإ
َﻦﻴِﻨِﻣْﺆُﻤْﻟا
)
٥١
(
«Ular (sehrgarlar) dedilar: «Zarari yo‘q. Zero, biz Rabbimizga qaytuvchidirmiz. Biz Musoga imon
keltirganlarning birinchisi bo‘lganimiz sababli, Rabbimiz bizning gunohlarimizni mag‘firat etishini umid
qilurmiz». (Shuaro, 50-51.)
َنﻮُﺒِﻠَﻘْﻨُﻣ ﺎَﻨِّﺑَر ﻰَﻟِإ ﺎﱠﻧِإ اﻮُﻟﺎَﻗ
)
١٢٥
(
ﺎَﻨﱠﺑَر ﺎَﻨْﺗَءﺎَﺟ ﺎﱠﻤَﻟ ﺎَﻨِّﺑَر ِتﺎَﻳﺂِﺑ ﺎﱠﻨَﻣﺁ ْنَأ ﻻِإ ﺎﱠﻨِﻣ ُﻢِﻘْﻨَﺗ ﺎَﻣَو
ْغِﺮْﻓَأ
َﻦﻴِﻤِﻠْﺴُﻣ ﺎَﻨﱠﻓَﻮَﺗَو اًﺮْﺒَﺻ ﺎَﻨْﻴَﻠَﻋ
)
١٢٦
(
(Ular) dedilar: «Biz (o‘lsak), albatta, Rabbimiz huzuriga qaytuvchimiz. Sen faqatgina Rabbimiz
oyatlari kelganda, ularga imon keltirganimiz uchungina bizdan o‘ch olmoqchisan. Ey Rabbimiz,
ustimizga sabr (yomg‘irini) yog‘dir va bizni musulmon holimizda vafot ettir!». (A’rof, 125-126.)
Muso (a.s.) o‘zlariga Alloh taolo tomonidan berilgan fazlni xalq ko‘zida va guvohligida oshkor qilgan va
ochiqdan-ochiq mo‘‘jiza ko‘rsatgan bo‘lsalar-da, Fir’avn, Homon va ularning qavmi imon keltirmadilar.
Aksincha, ularning Muso qavmiga bo‘lgan adovati yanada oshdi. Bani Isroilning boshiga kelishi mumkin
bo‘lgan xavf-xatar battar kuchaydi.
Fir’avn qavmining zodagonlari aytdilar:
Dostları ilə paylaş: |