Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
113
qo‘rqdim». (So‘ngra Muso Somiriyga qarab)
: «Bu qilig‘ing nimasi, ey Somiriy?» - dedi. Somiriy aytdi:
«Men ular ko‘rmagan narsani ko‘rdim. (Uning ko‘rgan narsasi – Jabroil farishta Muso alayhissalomning
oldiga kelganda, uning minib kelgan otining tuyog‘i tekkan narsalarga jon kirgan edi.)
Bas, elchi Jabroilning
izidan bir siqim olib, uni buzoqning haykaliga sochgan edim (undan tirik buzoq kabi ovoz chiqdi)
. Nafsim
ana shunday qilishni menga chiroyli ko‘rsatdi». Muso dedi: «Bas, ket! Endi sen uchun hayotda
«(Menga)
tegish yo‘q!» deyishgina qolur. Oxiratda esa sen uchun sira xilof qilinmaydigan bir va’da
(azob)
bordir. Sen ustidan jilmay sig‘inayotgan «ilohing» holini ko‘rib qo‘y! Biz, albatta, uni yondirib,
so‘ngra kulini dengizga sochib yuborurmiz». (Toha, 90-97.)
Muso (a.s.) Somiriyning buzog‘ini
olovda yondirdilar, uning kulini dengizga sochib yubordilar,
keyin
qavmlariga shu dengiz suvidan ichishni buyurdilar. Kim buzoqqa sig‘ingan bo‘lsa, uning rangi sarg‘ayib keta
boshladi. Isroil avlodlarining mo‘minlaridan buzoqqa sig‘inuvchilar ajralib qoldilar. Ularga jazoni yolg‘iz
Allohdan kutishayotgan edi:
ِﻌْﻟا اوُﺬَﺨﱠﺗا َﻦﻳِﺬﱠﻟا ﱠنِإ
يِﺰْﺠَﻧ َﻚِﻟَﺬَآَو ﺎَﻴْﻧﱡﺪﻟا ِةﺎَﻴَﺤْﻟا ﻲِﻓ ٌﺔﱠﻟِذَو ْﻢِﻬِّﺑَر ْﻦِﻣ ٌﺐَﻀَﻏ ْﻢُﻬُﻟﺎَﻨَﻴَﺳ َﻞْﺠ
َﻦﻳِﺮَﺘْﻔُﻤْﻟا
)
١٥٢
(
«Albatta, buzoqni iloh qilib olganlarga Parvardigorlari tarafidan g‘azab va dunyo hayotida xorlik yetgusidir.
(Yolg‘on va bo‘hton)
to‘quvchilarni shu tarzda jazolagaymiz». (A’rof, 152.)
Dostları ilə paylaş: