4.3. Muso (a.s.) bilan sodir bo‘lgan boshqa voqe’alar Alloh taolo Qur’oni karimning «Baqara» surasida Isroil avlodlari va Muso (a.s.) o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan tarixiy
sigir voqeasini bayon etadi.
Ibn Abbos, Ubayda as-Salmoniy, Abul Oliya, Mujohid, as-Sadiy va boshqa mujtahid mufassir ulamolarning
rivoyat qilishlaricha, Isroil avlodlari orasida bir keksa kishi bo‘lib, mol-dunyosi behisob, ammo farzandi yo‘q edi.
Uning kambag‘al jiyanlari meros ilinjida boy amakining o‘limini sabrsizlik bilan kutardilar. Ulardan biri qotillikka
qo‘l urdi, o‘z amakisini o‘ldirdi va jasadini odamlar yig‘ilib turadigan joyga yashirincha olib borib tashladi.
Ertalab yig‘ilgan olomon bir-birlaridan gumon qilishga va janjallashishga o‘tdilar. Qulay fursatni g‘animat bilgan
qotil jiyan odamlar oldiga kelib, dod-voy qilib, yig‘ilganlarni ayblay boshladi. Mojaro kuchaydi. Aqlli kishilardan
biri: «Katta ko‘chada mojaro qilmasdan Allohning payg‘ambari Muso (a.s.)ning huzuriga boringlar, muammoni
u hal qilib, qotilni aniqlab beradi» - dedi. Hammadan oldin Muso (a.s.)ning huzurlarida qotil jiyan paydo bo‘ldi
va shikoyat qildi. Muso (a.s.): «Muammo to‘g‘ri hal bo‘lishi uchun qotillik haqida biror narsani bilgan odam Alloh
roziligi yo‘lida guvohlikka kelsin» - dedilar. Hech kim guvohlikka kelmaganidan so‘ng, bu muammoni hal
qilishni Allohning o‘zidan so‘rab iltijo qildilar. Alloh taolo bir sigir so‘yilishi lozimligini aytdi. Muso (a.s.) qavmga
Allohning buyrug‘ini yetkazganlarida, ular: «Ey Muso, bizni mazax qilyapsizmi?» - deb ajablandilar.
َﺑ اﻮُﺤَﺑْﺬَﺗ ْنَأ ْﻢُآُﺮُﻣْﺄَﻳ َﻪﱠﻠﻟا ﱠنِإ ِﻪِﻣْﻮَﻘِﻟ ﻰَﺳﻮُﻣ َلﺎَﻗ ْذِإَو ُذﻮُﻋَأ َلﺎَﻗ اًوُﺰُه ﺎَﻧُﺬِﺨﱠﺘَﺗَأ اﻮُﻟﺎَﻗ ًةَﺮَﻘ َﻦﻴِﻠِهﺎَﺠْﻟا َﻦِﻣ َنﻮُآَأ ْنَأ ِﻪﱠﻠﻟﺎِﺑ ) ٦٧ ( «Eslang, Muso o‘z qavmiga: «Alloh sizlarga (bir) sigir so‘yishlikni buyurdi», - deganida, ular: «bizni istehzoga