ْﻦِﻜَﻟَو ْﻢُﻬَﻤِﻠْﻈَﻴِﻟ ُﻪﱠﻠﻟا َنﺎَآ ﺎَﻣَو ﺎَﻨْﻗَﺮْﻏَأ ْﻦَﻣ ْﻢُﻬْﻨِﻣَو َضْرﻷا ِﻪِﺑ ﺎَﻨْﻔَﺴَﺧ ْﻦَﻣ ْﻢُﻬْﻨِﻣَو ُﺔَﺤْﻴﱠﺼﻟا َنﻮُﻤِﻠْﻈَﻳ ْﻢُﻬَﺴُﻔْﻧَأ اﻮُﻧﺎَآ ) ٤٠ ( «Qorun, Fir’avn va Homonni ham (halok qildik). Muso ularga (payg‘ambar ekaniga) hujjatlarni keltirganida, ular yer yuzida kibr-havo qildilar va (lekin) o‘zib ketuvchi bo‘lmadilar. Biz ularning har birini o‘z gunohi bilan tutdik. Bas, ularning orasida Biz ustiga tosh yog‘dirganlar ham, ular orasida dahshatli qichqiriq tutganlar ham, ular orasida Biz Yerga yuttirganlar va ular orasida Biz suvga g‘arq qilgan kimsalar ham bordir. Alloh ularga zulm qiluvchi bo‘lmadi, lekin ular o‘zlariga jabr qiluvchi bo‘ldilar». (Ankabut, 39-40.) Haqiqatda ham Alloh taolo Qorunni Yerga yuttirdi, Fir’avn va Homonni suvga g‘arq ettirdi.
Imom Ahmad rivoyat qilgan hadisda, Abdulloh ibn Amr Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan shunday rivoyat
qiladilar: «Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bir kuni namoz haqida gapirib turib shunday dedilar: «Kimki, besh vaqt
namozni o‘z vaqtida o‘qisa, namoz unga Qiyomat kunida nur, hujjat va najot bo‘ladi. Kimki, uni vaqtida ado
etmasa, uning uchun nur, hujjat va najot bo‘lmaydi hamda Qiyomat kuni u odam Qorun, Fir’avn, Homon va
Ubay ibn Xalaf bilan birga bo‘ladi». (Imom Ahmad. Musnad. 2-j. 169-bet.) Muso (a.s.) payg‘ambarlar orasida rasullik, nabiylik, ulul azmlik, kalimullohlik va sohibi Kitoblik fazilatlariga
ega bo‘lgan buyuk payg‘ambar edilar. Alloh o‘z kalomida shunday deydi: ﺎًّﻴِﺒَﻧ ﻻﻮُﺳَر َنﺎَآَو ﺎًﺼَﻠْﺨُﻣ َنﺎَآ ُﻪﱠﻧِإ ﻰَﺳﻮُﻣ ِبﺎَﺘِﻜْﻟا ﻲِﻓ ْﺮُآْذاَو ) ٥١ ( ِﺐِﻧﺎَﺟ ْﻦِﻣ ُﻩﺎَﻨْﻳَدﺎَﻧَو ﺎًّﻴِﺠَﻧ ُﻩﺎَﻨْﺑﱠﺮَﻗَو ِﻦَﻤْﻳﻷا ِرﻮﱡﻄﻟا ) ٥٢ (