www.ziyouz.com kutubxonasi
122
Umar ibn Xattob (r.a.) Payg‘ambar masjidlarini kengaytirish lozim bo‘lganda quruvchi ustaga shunday amr
etgan edilar: «Masjidni avval qanday bo‘lsa, odamlar uchun xuddi shunday qurib bergin, devorlarni sariq, qizil
ranglarga bo‘yamagin, namozxonlarni chalg‘itmasin!»
Ibn Abbos (r.a.): «Masjidni yahudiylar va nasroniylar kanisalarini bezaganlaridek tillo bilan bezamanglar!» -
deganlar.
Bunday dabdababozlikdan qaytarishni musulmonlarga bo‘lgan hurmat deb qarashimiz kerak. Chunki,
masjidlarning obod va go‘zalligi jamoatning ko‘pligi, ibodatni butunlay Allohga tavajjuh bilan qilinganligidadir.
Muso (a.s.) qurgan «qubbatuz zamon» bani Isroil adashib yurgan Tiyh vodiysida edi. Shuning uchun bu
qubba yahudiylarning ka’basi va qiblasi bo‘ldi. Bu ka’baning imomi Muso (a.s.) edilar. Qubba yonida
qilinadigan qurbonliklarga esa Horun (a.s.) mutasaddi edilar. Horun (a.s.)ning vafotlaridan so‘ng, u kishining
avlodlari qurbonlik marosimlarini hozirgi vaqtgacha boshqaradilar.
Muso (a.s.)ning vafotlaridan keyin u kishining ishlari shogirdlari Yusha’ ibn Nunga qoldi. Yusha’ ibn Nun
bani Isroil qavmini Baytul maqdisga olib kirdilar. Muso (a.s.) o‘rnatgan qubba Baytul maqdis yonidagi katta
qoyatosh ustiga o‘rnatildi. Odamlar shu qubbaga qarab namoz o‘qirdilar. Qubba yo‘q bo‘lib ketganidan keyin
uning poydevori bo‘lgan qoyatoshga qarab namoz o‘qish davom etdi va bani Isroil payg‘ambarlarining qiblasi
shu qoyatosh bo‘lib qoldi. Hatto Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham hijratdan avval shu qiblaga qarab namoz o‘qir
edilar va o‘zlari bilan qibla orasiga Ka’bani qo‘yardilar. Madinaga hijrat qilganlaridan keyin namoz farz bo‘ldi va
Rasululloh (s.a.v.) o‘n olti yoki o‘n yetti oy Baytul maqdisga qarab namoz o‘qidilar. Keyin asli Ibrohim (a.s.)ning
qiblalari bo‘lgan Ka’ba Payg‘ambari miz (s.a.v.)ga va barcha musulmonlarga qibla qilib berildi.
Muso (a.s.) Allohning amri bilan qurgan qubba va tobut haqida Qur’oni karimning «Baqara» surasida ishora
bor: