Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə251/270
tarix16.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98904
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   270
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

qilganim yo‘q» - degan oyati karima Xizrning payg‘ambar ekanliklariga dalolat qiladi. Ammo uning hozirgacha 
hayot ekanligi asossiz rivoyatdir. 
Alloh taolo Qur’oni karim oyatlarida, qaysi payg‘ambar bo‘lmasin, uning hayotligida oxirgi zamon 
payg‘ambari Muhammad (s.a.v.) kelsalar, darhol ular kelib «xotamun nabiyyin»ga imon keltiradilar va unga 
yordam beradilar degan ahdni olganligini aytadi: 
 ْﻢُﻜَﻌَﻣ ﺎَﻤِﻟ ٌقِّﺪَﺼُﻣ ٌلﻮُﺳَر ْﻢُآَءﺎَﺟ ﱠﻢُﺛ ٍﺔَﻤْﻜِﺣَو ٍبﺎَﺘِآ ْﻦِﻣ ْﻢُﻜُﺘْﻴَﺗﺁ ﺎَﻤَﻟ َﻦﻴِّﻴِﺒﱠﻨﻟا َقﺎَﺜﻴِﻣ ُﻪﱠﻠﻟا َﺬَﺧَأ ْذِإَو
ﱠﻦُﻨِﻣْﺆُﺘَﻟ
 ﺎَﻧَأَو اوُﺪَﻬْﺷﺎَﻓ َلﺎَﻗ ﺎَﻧْرَﺮْﻗَأ اﻮُﻟﺎَﻗ يِﺮْﺻِإ ْﻢُﻜِﻟَذ ﻰَﻠَﻋ ْﻢُﺗْﺬَﺧَأَو ْﻢُﺗْرَﺮْﻗَأَأ َلﺎَﻗ ُﻪﱠﻧُﺮُﺼْﻨَﺘَﻟَو ِﻪِﺑ 
 َﻦﻳِﺪِهﺎﱠﺸﻟا َﻦِﻣ ْﻢُﻜَﻌَﻣ
)
٨١
(
 
«Eslang(ey ahli kitoblar,) Alloh payg‘ambarlardan ahd olgan: «Men sizlarga Kitob va Hikmat bergan bo‘lsam, 
sizlardagi (Kitob)ni tasdiq etuvchi bir payg‘ambar (Muhammad) kelganda, albatta unga imon keltirasiz va yordam 
berasiz!» (Alloh): «Tan oldingizmi va mazkur ahdnomani shu shart bilan qabul qilasizmi?» - deganida, ular: «Tan 
oldik» - deb javob berdilar. Alloh dedi: «Guvoh bo‘lingiz! Men ham sizlar bilan birga guvohlar dandirman». (Oli 
Imron, 81.)
 
Oyati karimaning mazmuni ochiq-oydin dalolat qilib turibdiki, ahd oxirgi zamon payg‘ambari Muhammad 
(s.a.v.) uchun olingan. Agar Xizr (a.s.) Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning zamonlarida tirik bo‘lganlarida, nabiy yoki 
rasul bo‘lsalar, Allohning ahdiga muvofiq yordam berish, agar valiy bo‘lsalar, Payg‘ambarga imon keltirish va 
bay’at qilish uchun Rasululloh (s.a.v.)ning huzurlariga kelishlari shart edi. Payg‘ambarimizning islom bayroqlari 
ostida Badrdami, Uhuddami yoki boshqa g‘azotlardami musulmonlarning g‘alabasi uchun bor ilmi, hunari bilan 
yordam berishlari kerak edi. Axir, Badr g‘azotida Jabroil (a.s.) va boshqa ulug‘ farishtalar Payg‘ambarimiz bilan 
bir safda jang qildilaru ilmi laduniy va g‘ayb sohibi bo‘lgan Xizr (a.s.) ishtirok etmasmidilar? Xizr (a.s.)ning 
Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning huzurlariga kelib ketganliklari biror zaif rivoyatlarda ham uchramaydi. Demak, bu 
narsa Xizr (a.s.)ning hozirda hayot ekanliklari borasidagi taxminni bekor etadi. 
Ahli kitoblar aytadilar: «Alloh taolo Muso (a.s.) ga Shamshod daraxtining yog‘ochi, tuyaning terisi va qo‘yning yungidan 
foydalanib, bir katta qubbali imorat yasashni, uni turli rangga bo‘yalgan ipak, tillo va kumush bilan ahli kitoblarning havasi 
keladigan qilib bezashni buyurdi. Qubbaning o‘nta ustuni bo‘lib, har birining uzunligi yigirma sakkiz ziro‘ (Bir ziro’ bir gaz, 
ya’ni yetmish sakkiz sm dir)
, kengligi to‘rt ziro‘ edi. Qubbaning to‘rtta eshigi bor edi. Uning ustiga esa ipak mato tortilgan 
edi. Xullas, ba’zi rivoyatlarda uzundan-uzun bayon etilgan hashamatga ega edi.
Alloh taolo Muso (a.s.)ga yana shamshod daraxtining yog‘ochidan bir tobut ham yasashni buyurdi. Uning 
bo‘yi ikki yarim ziro‘, kengligi ikki ziro‘, balandligi bir yarim ziro‘ bo‘lib, tobutning ichi ham, atrofi ham toza tillo 
qoplama bilan qoplangan, to‘rt tarafida to‘rtta halqasi bor, ikki yonida bir-biriga qarab turgan ikki qanotli 
farishtaning rasmi bor edi. Bu tobutni yasagan ustaning nomi Basaliyol edi. 
Alloh taolo yana shamshod daraxti yog‘ochidan bir xontaxta yasashni ham buyurdi. Uning bo‘yi ikki ziro‘, eni 
ikki yarim ziro‘ bo‘lib, rangi tillo rang, qirg‘oqlariga esa tillodan jimjimador naqsh ishlangan, to‘rt tarafida tillodan 
halqa o‘rnatilgan, xontaxta ustiga taom yeyiladigan turli-tuman idishlar terilgan edi. 
Alloh taolo yana bir tillodan minora qurishni ham buyurdiki, bu minora olti burchakli bo‘lib, harbir tarafida 
uchtadan chirog‘i bor edi, minoraning shiftida esa to‘rtta qandil bo‘lib, hamma narsalar faqat tillodan yasalgan 
edi. Bularning ustasi ham Basaliyol edi. Bu qubba yahudiylar sanasining birinchi kunida o‘rnatildi. Tobut esa 
ularning ozodlik ramzi bo‘lib qoldi. 
Ahli kitoblarning aytishlaricha, Muso (a.s.) qurgan qubba go‘yoki Ka’ba o‘rnida bo‘lib, Bani Isroil Baytul 
muqaddasga kirishlaridan va Somiriy yasab bergan buzoqqa sig‘inishlaridan avval mavjud edi. Bani Isroil 
qubbaga kelishib, namoz o‘qishardi, uning yonida qurbonliq qilishardi. Muso (a.s.) agar qubbaga kirsalar, ular 
ham yaqin kelib, Muso (a.s.)ning munojotlarini tinglar edilar. Osmondan nurdan bo‘lgan ustun qubbaning 
eshigi yoniga tushar, Muso (a.s.) tobutning yonida turgan hollarida Alloh bilan gaplashar, keyin Allohdan olgan 
vahiyni bani Isroilga e’lon qilar edilar. 
Bani Isroil yechimi Alloh tarafidan hal etilmagan biror masalada tortishib qolsalar, Muso (a.s.) yana qubba 
yoniga kelardilar va Alloh tarafidan xitob bo‘lib, mazkur masalaning yechimi bayon etilar edi. 
Muso (a.s.)ning zamonlarida tillo va kumush ziynatlar taqish hamda ibodatxonalarni ular bilan bezash man 
etilmagan edi. 
Ammo bizning shariatimizda masjidlarni tillo-kumushlar bilan bezash, namozxonlarning xayolini olib 
qochishi, ibodatning xolis va xushyorlikda bo‘lishiga xalal berishi mumkinligi sababidan man etilgan. 


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin