َﻲِﺗوُأ ﺎَﻣ َﻞْﺜِﻣ ﺎَﻨَﻟ َﺖْﻴَﻟ ﺎَﻳ ﺎَﻴْﻧﱡﺪﻟا َةﺎَﻴَﺤْﻟا َنوُﺪﻳِﺮُﻳ َﻦﻳِﺬﱠﻟا َلﺎَﻗ ِﻪِﺘَﻨﻳِز ﻲِﻓ ِﻪِﻣْﻮَﻗ ﻰَﻠَﻋ َجَﺮَﺨَﻓ ُرﺎَﻗ ٍﻢﻴِﻈَﻋ ﱟﻆَﺣ وُﺬَﻟ ُﻪﱠﻧِإ ُنو ) ٧٩ ( َﻦَﻣﺁ ْﻦَﻤِﻟ ٌﺮْﻴَﺧ ِﻪﱠﻠﻟا ُباَﻮَﺛ ْﻢُﻜَﻠْﻳَو َﻢْﻠِﻌْﻟا اﻮُﺗوُأ َﻦﻳِﺬﱠﻟا َلﺎَﻗَو َنوُﺮِﺑﺎﱠﺼﻟا ﻻِإ ﺎَهﺎﱠﻘَﻠُﻳ ﻻَو ﺎًﺤِﻟﺎَﺻ َﻞِﻤَﻋَو ) ٨٠ ( «So‘ng, (Qorun) qavmi oldiga yasanib chiqqan edi, dunyo hayotini istaydigan kimsalar: «Eh, qani edi, bizlarga ham Qorunga ato etilgan narsa (boylik) bo‘lsa. Darhaqiqat, u ulkan nasiba egasidir» - dedilar. Ilm ato etilgan kishilar esa: «O’lim bo‘lsin sizlarga! Imon keltirgan va ezgu ish qilgan kishi uchun Allohning savobi yaxshiroq-ku! U savobga faqat sabrli kishilargina erishurlar» - dedilar. (Qosos, 79-80.) As-Sadiy va Ibn Abbosdan rivoyat etilishicha, Qorun bir buzuq ayolga sovg‘a-salomlar berib, qornida Muso
(a.s.)dan bo‘lgan bola bor ekanligini da’vo qilishga buyurdi. Muso (a.s.) katta jamoatga mav’iza qilib turgan
vaqtlarida ayol kelib: «Sen men bilan qilgan ishingdan men homilador bo‘ldim» - dedi. Muso (a.s.) uning
iddiosidan qaltirab ketdilar va darhol o‘rinlaridan turib, ikki rakat namoz o‘qib, Allohga iltijo qildilar. Keyin qaytib
kelib ayolga qasam ichishni yoki bu tuhmatni kim o‘rgatganini aytishni talab qildilar. Ayol bu tuhmatni Qorun
o‘rgatganini tan oldi, tavba qilib, Allohga sajda qildi, istig‘for aytdi. Muso (a.s.) ham Allohga sajda qilib, Qorunni
duoibad qildilar. Alloh taolo Qorunni qanday jazolashni Muso (a.s.)ning o‘zlariga havola qilib, Yerni Muso
(a.s.)ga mute qildi. Yer Qorunning o‘zini, boyligini va qasrini birgalikda yutib yubordi.
Ba’zi mufassirlarning aytishlaricha, Bir kun Muso (a.s.) qavmlariga qiyomat haqida so‘zlab berayotgan
edilar. Qorun o‘zining eng qimmatbaho libosini kiyib, tillo taqinchoqlarini taqib, bezatilgan xachirga minib,
jamoat yoniga keldi. Odamlarning xayoli payg‘ambar suhbatidan burilib, Qorunning dabdabasiga mahliyo
bo‘lishdi va ba’zilari hayajonlarini yashirolmay, o‘rinlaridan turib ham ketishdi. Qorun Muso (a.s.)ning oldilariga
kelib: «Ey Muso, sen payg‘ambarliging bilan mendan ustunlik qilsang, men mol-dunyo, boyligim bilan sendan
ustunman. Agar xohlasang, maydonga chiqib kuch sinashamiz: men sening haqinga, sen esa mening
haqimga duo qilishamiz» - dedi. Muso (a.s.) va Qorun ikkovlari keng maydonga yig‘ilgan jamoa oldiga
chiqdilar. Kelishuvga muvofiq avval Qorun Muso haqiga duoibad qildi. Alloh taolo uning duosini ijobat qilmadi
va Muso (a.s.)ga hech qanday zarar yetmadi. Ikkinchi bo‘lib Muso (a.s.) Qorunni duoyibad qildilar va dedilar:
«Ey Allohim, Yerga amr etgin, bugun mening itoatimda bo‘lsin!» Alloh taolo Yerning itoatini ulug‘ payg‘ambari
Muso (a.s.)ga berdi. Muso (a.s.) Yerga: «Ey Yer, Qorunni barcha boyligu qasrlari bilan yutgin!» - deb amr
etdilar. Barcha odamlarning ko‘zi oldida Qorun va uning topgan narsalari Yer qa’riga g‘oyib bo‘ldi.
Mufassir Qatoda (r.a.) aytadilar: «Yer Qorunni har kun bir odam bo‘yi o‘z tubiga tortadi».
Ibn Abbosning aytishlaricha, Qorun yetti qavat Yer ostiga tushadi.
Alloh taolo oyati karimada shunday dedi: