Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
33
«Ular dedilar: «Ey, Hud! Bizga biror hujjat keltirmading. Biz sening quruq gaping bilan ilohlarimizni
tark etuvchi ham, senga ishonuvchi ham emasmiz. Biz seni balkim ilohlarimizdan birortasi chalib
ketgandir, demoqchimiz. Hud dedi: «Men Allohni guvoh qilaman va sizlar ham guvoh bo‘lingizlarki,
men sizlar keltirayotgan shirkdan bezorman».
َو ْﻢُآَﺮْﻴَﻏ ﺎًﻣْﻮَﻗ ﻲِّﺑَر ُﻒِﻠْﺨَﺘْﺴَﻳَو ْﻢُﻜْﻴَﻟِإ ِﻪِﺑ ُﺖْﻠِﺳْرُأ ﺎَﻣ ْﻢُﻜُﺘْﻐَﻠْﺑَأ ْﺪَﻘَﻓ اْﻮﱠﻟَﻮَﺗ ْنِﺈَﻓ
ُﻪَﻧوﱡﺮُﻀَﺗ ﻻ
ٌﻆﻴِﻔَﺣ ٍءْﻲَﺷ ِّﻞُآ ﻰَﻠَﻋ ﻲِّﺑَر ﱠنِإ ﺎًﺌْﻴَﺷ
)
٥٧
(
«Agar sizlar imon va tavbadan bosh tortsangiz, bas, sizlarga yetkazishim topshirilgan narsani
sizlarga yetkazib bo‘ldim. Robbim sizlardan boshqa qavmni o‘rinlaringizga xalifa qilib keltirur».(Hud,
53-54, 57.)
Od qabilasi payg‘ambarlari xabar bergan azobni yolg‘on deb o‘yladilar, o‘zlari qo‘llari bilan yasab olgan
haykallarga sig‘inishdan voz kechmadilar.
Aksincha, Hud (as)ni qo‘rqitmoqchi bo‘lib:
“Biz butlarimizdan biriga aytamiz, azobni bizdan daf qilib, seni mahkam ushlaydi va aqlingni
kirgizib qo‘yadi”, - deb dag‘dag‘a qildilar.
Alloh taolo Hud (a.s.)ning payg‘ambarliklarini mo‘‘jiza
bilan quvvatlash, qavmlariga esa tavba qilib, hidoyatni
topib olishlariga imkon berishni iroda qildi va ketma-ket uch yil bir tomchi ham yomg‘ir yog‘dirmay
qurg‘oqchilikka mubtalo qildi. Mana
shu qiyinchilikdan foydalanib, Hud (a.s.) qavmlarini yana hidoyatga
chaqirdilar va ularga dedilar: «Ey, qavm! Allohga tavba qilib mag‘firat etishini so‘ranglar!
Agar tavba
qilsangizlar, Alloh sizlarni kechiradi, osmondan yomg‘ir yog‘diradi, barakangizni qaytaradi
va asli holatingizga
keltirib, quvvatlaringizni ziyoda qiladi».
Ammo qavmning diliga hidoyat tushmadi, tavbaga egilmadilar. Aksincha, ular Allohning payg‘ambaridan,
o‘zlari ishonmagan holda, va’da qilingan azobni so‘radilar:
Dostları ilə paylaş: